111
yashay olish va uerdagi tog‘ yaylovlarida o‘tlay olish kabi irsiy belgilarni nasldan
ogan bo‘lsa, rambule zotidan, mayin junli qo‘ylarga xos bo‘lgan junning qimmatli
texnologik sifat ko‘rsatkichlari (tolaning cho‘ziluvchanlik, jingalaklik, ingichkalik,
teryog‘lilik va b.) naslga o‘tgan.
Qozoqiston Respublikasi hududida xuddi shunday
turlararo chatishtirish
usuli bilan mayin junli arxaromerinos qo‘y zoti yaratilgan. Bu zotni yaratishda
yovvoyi tog‘ qo‘chqori – arxar va mayin junli prekos qo‘y zotidan foydalangan
(51-rasm).
Go‘shtbop qoramolchilikda har xil zotlarni bir-biri bilan chatishtirilishi
natijasida olingan I avlod duragaylari ota-onalariga nisbatan tirik vazni va go‘sht
sifati bo‘yicha ustunlik qiladi. Masalan, simmental zotli buqachalar 12
oyligida
267 kg, aberdin-angus zotli buqachalar esa 270 kg vaznga ega bo‘ladi. Shu ikki
zotni o‘zaro chatishtirilishi natijasida olingan duragay (aberdin-angus x simmental)
buqachalarning tirik vazni esa 12 oyligida 300,5 kg ga etganligi aniqlandi.
Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda duragay avlodlarda geterozislik
holatining yuzaga chiqishi ko‘pincha laktatsiya davomida sutdan olinadigan yog‘
51-rasm. Duragaylash usuli
bilan yaratilgan arxaromeri-
nos qo‘y zoti
112
miqdorining ko‘payishida ko‘zga tashlanadi. Xususan, bunday geterozislik
holatlari sut yo‘nalishidagi har xil zotlarni jersey zotli buqalar bilan chatishtirilishi
natijasida olingan.
Sanoat asosida go‘sht ishlab chiqarish
texnologiyasiga mos keladigan,
genetik salohiyati yuqori bo‘lgan cho‘chqa zotlarini yaratish maqsadida ilmiy
tadqiqot institutlari tomonidan har xil cho‘chqa zotlarini, ularning yovvoyi
ajdodlari bilan chatishtirish ishlari cho‘chqachilik seleksiyasida keng ko‘lamda
olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda cho‘chqachilikda zotlararo chatishtirish natijasida
olinadigan duragay avlodlarning 104 tadan ortiq variantlari qo‘llanilmoqda va
ularning aksariyatida geterozis samaradorligi qayd etilgan.
Bunday samaradorlik
asosan nasl berish qobiliyatining oshishida, naslining hayotchanligida va go‘sht
sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, M.A.Selex tomonidan olib
borilgan tajriba natijalariga ko‘ra, yirik oq zotli urg‘ochi cho‘chqalarni berkshir
zotli erkak cho‘chqalar bilan chatishtirish natijasida olingan I bo‘g‘in
duragaylarida har bir kilogramm tirik vazni uchun 0,5 – 1
oziqa birligi kam
sarflangan. Xuddi shunday natijalar K.A.Kro‘lov tomonidan yirik oq cho‘chqa
zotini breytov zoti bilan chatishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribada ham olingan.
Geterozislik effektining yuzaga chiqishi bo‘yicha parandachilikda juda ko‘p
ma‘lumotlar to‘plangan. Parandalarda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan
belgilarning muvofiqlik xususiyatiga ko‘ra olingan avlodlarini, ular bir zotdan,
yoki boshqa-boshqa zotlardan kelib chiqishidan qat‘iy nazar, duragay (gibrid)
deyiladi.
Geterozislik samarasining yuzaga chiqish holatlari to‘rt tizimli duragay
avlodlarda yaxshi natijalar beradi. Bunday to‘rttizimli duragaylar olish uchun avval
otalik tizimlarini o‘zaro chatishtirish natijasida xo‘rozlar,
ikkita onalik tizimlarni
chatishtirish natijasida makiyonlar olinib, ular o‘zaro chatishtiriladi va to‘rttizimli
duragay tovuqlar olinadi. Shu yo‘l bilan yaratilgan tizimlararo duragaylar, oddiy
sof zotli urchitishga nisbatan 25-30 % serpusht bo‘ladi. Bularga ―Gibro-4‖,
―Starbro-15‖ va hozirgi kunda kichik fermer xo‘jaliklarida ishtiyoq bilan
boqilayotgan tuxum yo‘nalishidagi ―Sheyver‖, tuxum-go‘sht yo‘nalishidagi
113
―Loman Braun‖, go‘sht yo‘nalishidagi ―kobb 500‖, ―ross 308‖
va boshqa kross
tizimlarni ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: