O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Jinsiy mayillikni faollashtirish va sinxronlashtirish



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Jinsiy mayillikni faollashtirish va sinxronlashtirish. 
Keyingi yillarda dunyoning bir qator davlatlarda sigir va tanalarda jinsiy 
mayillikni faollashtirish uchun gormonal preparatlardan foydalana boshladilar. 
Ushbu tadbir qo‘llanilgan mollarda jinsiy mayillikning bir xil vaqtda yuzaga 
kelishi (sinxronlashtirishi) kuzatiladi. 


132 
Jinsiy mayillikni faollashtirish va sinxronlashtirish maqsadida umurtqali 
hayvonlarning jinsiy siklini boshqaruvchi 
progesteron
,
 
sut emizuvchilarning 
prostoglandin
va progesteronning sintetik analogi hisoblangan 
kloprostenol 
gormonlaridan foydalanadi.
AQSh la sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikda tanalarning jinsiy 
mayilligini sinxronlashtirish uchun ―Sinxro-meyt-B‖ deb nomlangan yangi 
preparat ishlab ishlab chiqarilgan. U ikkita gormon yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
ulardan biri qulog‘ining terisi ostiga yopishtirib qo‘yilsa, ikkinchisi mushak ichiga 
yuboriladi. Manashu ikkala gormon ta‘siri ostida tanalarning jinsiy sikli uziladi va 
vaqtinchalik to‘xtab qoladi. To‘qqiz kundan so‘ng teri ostiga yopishtirilgan 
gormon hayvonning qulog‘idan olib tashlanadi va hayvonda yangi jinsiy sikl
boshlanadi. Barcha tanalardan preparat bir vaqtda olib tashlanganligi sababli
jinsiy sikl ham bir vaqtda boshlanadi. Shu guruhdagi barcha tanalarni 48-54 
soatdan so‘ng urchitish yoki sun‘iy urug‘lantirish mumkin. Mazkur preparatlardan 
foydalangandan so‘ng tanalarning kuyga kelish-kelmasligini aniqlab o‘tirishga 
xojat qolmaydi. 
Prostoglandindan ona cho‘chqalarning jinsiy mayilligini sinxronlashtirish 
tadbirlaridan Evropa davlatlarida keng foydalaniladi va u yuqori samaradorli 
metod hisoblanadi. Bunday biotexnologik usullar bilan ona cho‘chqalarning jinsiy 
mayilligini faollashtirish va sinxronlashtirish, ularning reproduktiv funksiyasiga 
salbiy ta‘sir qilmaydi.
Jinsiy 
mayillikni 
faollashtirish 
uchun 
gormonal 
preparatlardan 
foydalanilganda, har kuni hayvonlarning jinsiy faolligini nazorat qilib borish 
zarurati qolmaydi va shu maqsadda sarflanadigan xarajatlar qisqaradi. Jinsiy 
mayillikni sinxronlashtirishning ustunligi shundan iboratki, mollarni qochirish va 
nasl olish davrining bir xil vaqtda o‘kazilishiga, guruhlarda em-xashak sarfining 
aniq hisobotini olib borisga erishiladi. 


133 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin