Superovulyatsiya va embrionlar transplantatsiyasi. Ma‘lumki, sut emizuvchi hayvonlarning urg‘ochi vakillarida poda safini
qayta tiklash borasidagi imkoniyatlari juda katta. Ularning tuxumdonida o‘n va yuz
minglab ovositlar bo‘ladi. Lekin individual rivojlanish jarayonida ularning juda oz
qismigina otalanib, nasl davomchisi sifatida yuzaga chiqadi. Qolgan ovositlari esa
organizmda so‘rilib ketadi va poda safini qayta tiklashda ishtirok etmaydi.
Superovulyatsiya deb, gormonlar ta‘sir etishi natijasida hayvonlar
tuxumdonida bir vaqtning o‘zida birnechta tuxum hujayralar yetiladi va
ovulyatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Hayvonlar turiga ko‘ra ovulyatsiyalangan
tuxum hujayralari soni 3-8 tagacha, ba‘zan 50 barobargacha ko‘payishi mumkin.
Superovulyatsiya yordamida sermahsul sigirlardan juda ko‘p miqdorda embrionlar
olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Superovulyatsiyani bir qancha omillar faollashtiradi. Hozirgi kunda
ovulyatsiyani yuzaga keltiruvchi omil sifatida gormonal preparatlardan
foydalaniladi. Ko‘pincha shu maqsadda CЖK (сыворотка жерѐбых кобыль) dan
foydalaniladi. Bir vaqtda birnechta follikulalarni etiltirish va ovulyatsiyalash uchun
jinsiy mayillik davri boshlanishidan 4-5 kun oldin donor molni СЖК bilan ukol
qilinadi. Superovulyatsiyani keltirib chiqarish uchun prostaglandin Ф-2а dan ham
foydalanish mumkin.
Superovulyatsiyadan foydalanish evaziga, retsipientlarga ko‘chirib o‘tkazish
uchun donor-sigirlardan etarli miqdorda embrionlar olish imkoniga ega bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda chorvachilikning eng dolzarb muammolaridan biri, bu
embrionlar transplantatsiyasi hisoblanadi. Ushbu muammoning ijobiy hal etilishi
chorvachilikda seleksiya ishlarini jadallashtirishning muhim omili bo‘lib qoladi.
Embrionni ko‘chirib o‘tkazish yordamida yuqori mahsuldorli sigirlardan
olinadigan naslli mollar sonini tubdan ko‘paytirishga erishish mumkin.
Embrionlar transplantatsiyasi (embriotexnologiya), bu chorva mollari
naslini yaxshilashning biotexnologik usuli bo‘lib, unda, donor deb ataluvchi naslli
ona mollardan bitta yoki birnechta embrionlarni olib, boshqa, kam mahsuldorli,
retsipient deb ataluvchi, naslsiz sigirlarning bachadoniga ko‘chirib o‘tkaziladi va u
134
erda ko‘chirib o‘tkazilgan embrion tug‘ilgancha rivojlanishni davom ettiradi (62-
rasm).