O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


-rasm. Superovulyatsiya va embrion transplantatsiyasi natijasida olingan



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

62-rasm. Superovulyatsiya va embrion transplantatsiyasi natijasida olingan 
buzoqlar. 
 
Hayvonlar embrionini transplantatsiya qilishda, yuqori mahsuldorlikka ega 
bo‘lgan donor sigirlar tanlab olinadi. Ularni superovulyatsiyalash natijasida bir 
vaqtning o‘zida tuxumdonda bir nechta tuxum hujayralarining etilishiga va 
spermatazoidlar bilan otalanishiga erishiladi. Otalangan embrionlar donor sigir 
bachadonidan yuvib olinadi va kam mahsuldorli, lekin jinsiy etilgan va jinsiy 
a‘zolari yaxshi rivojlangan retsipient sigirlarning bachadoniga ko‘chirib 
o‘tkaziladi. 
Embrionlar transplantatsiyasi natijasida yuqori mahsuldorli, qimmatli 
genetik materialni bir mamlakatdan boshqasiga olib borish va genofond materialini 
o‘zaro almashinish, embrionni sun‘iy muhitda konservatsiyalash evaziga tanlab 
olingan genetik materialni uzoq vaqt saqlash va foydalanish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. 
Embrionni transplantatsiya qilish usuli chorva mollarini urchitishda 
muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelinmoqda. Dunyo bo‘yicha har yili 1 milliondan 


135 
ortiq buzoq embrion transplantatsiyasi yo‘li bilan olinmoqda. AQSh, Buyuk 
Britaniya, Daniya, Irlandiya, Kanada, Germaniya, Avstraliya kabi chorvachiligi 
rivojlangan davlatlarda murtakni transplantatsiya qilish markazlari faoliyat 
yuritmoqda.
Hujayra va gen muhandisligi usullaridan hayvonlar seleksiyasida 
foydalanish istiqbollari. 
 
Hujayra muhandisligi rivojlanishi natijasida tadqiqotchilar hujayra 
genotipini qayta tuzish va genotipga maqsadga muvofiq bo‘lgan yot genlarni 
topish va kiritish evaziga hujayra irsiyatini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ldilar. 
Irsiyati o‘zgartirilgan hayvonning tuxum hujayrasidan sun‘iy sharoitda etuk 
organizm yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. Jumladan, Angliyalik olimlar 
dunyoda birinchi bo‘lib ―transgen‖ qo‘ylar yaratishga muvaffaq bo‘ldilar (63-
rasm). Bunda qo‘zi embrioniga o‘sish gormonini nazorat qiluvchi gen kiritildi. Bu 
jarayon quyidagicha amalga oshirildi. Qo‘ylarning o‘sish gormonini nazorat 
qiluvchi gen embrionga bitta hujayradan iborat bo‘lgan dastlabki otalanish davrida 
kiritiladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin