130
Ҳайвонлар
Ҳайвонлар
селекциясида
селекциясида
сунъий
сунъий
уруғлантириш
уруғлантириш
усулидан
усулидан
фойдаланиш
фойдаланиш
61-rasm. Hayvonlar seleksiyasida sun‘iy urug‘lantirish usulidan
foydalanish
Erkin usulda bitta buqa bilan bir yil davomida 30-40 bosh sigirlar urchitilsa,
qo‘lda qochirishda bu ko‘rsatkich 60-80 boshni tashkil qiladi, sun‘iy urug‘lantirish
usuli qo‘llanganda esa o‘rtacha 800-1000 bosh, ko‘pi bilan 20 ming boshgacha
sigirlarni urug‘lantirish mumkin bo‘ladi.
Bu
usulning yana bir afzalligi, hayvonlar qisir qolishining oldini olish
hisoblanadi. Chunki sun‘iy urug‘lantirish jaraynida urug‘ (sperma) ning sifati
hamma vaqt nazorat qilib boriladi.
Hozirgi vaqtda urug‘larni -196
o
C li suyuq azotda muzlatilgan holda uzoq
muddatda saqlash usuli ishlab chiqilgan. Bunday urug‘lar
bir necha oy va yillar
davomida saqlanganda ham hayotchanligi yo‘qolmaganligi aniqlangan. Shu usulda
urug‘ni bir shahardan ikkinchi shaharga yoki bir mamlakatdan ikkinchi
mamlakatga olib borib foydalanish mumkin. Sigirlarni sun‘iy urug‘lantirishdan
oldin urug‘ solingan ampula yoki payettalar 38-40
o
C li iliq suvda 2-3 minut saqlab
eritiladi va urug‘ning sifati mikroskopda tekshirib ko‘riladi.
Sun‘iy urug‘lantirish usulining bunday afzallik tomonlari, uni chorvachilik
amaliyotida keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Hozirgi
kunda ushbu usul bilan
dunyo bo‘yicha har yili 100 mln dan ortiq (50 % ga yaqin) sigirlar urchitilmoqda.
Chexiya, Sloveniya, Daniya, Finlandiya, Vengriya kabi davlatlarda 100 % sigirlar
sun‘iy urug‘lantiriladi. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 95 %, Germaniya va Polshada –
88 % ni tashkil etadi. AQSh da ushbu usuldan foydalanish natijasida keyingi 20 yil
131
ichida sut ishlab chiqarish hajmi 30 % ga oshdi. Avlodining sifati bo‘yicha
tekshirilgan naslli buqalarning urug‘i bilan sigir va tanalarni sun‘iy urug‘lantirish
evaziga AQSh chrvadorlari har bir sog‘in sigirdan yiliga 124 dollargacha cof foyda
olishmoqda.
Sun‘iy urug‘lantirish usulidan keng foydalanish natijasida qo‘y zotlarini sifat
jihatdan yaxshilashga va takomillashtirishga erishildi. Jumladan, chorvachilik
xo‘jaliklarida sun‘iy urug‘lantirishni ommaviy qo‘llanilishi natijasida qisqa
muddatda dag‘al junli qo‘ylar mayin va yarimmayin junli qo‘y zotlariga
aylantirildi, mo‘ynali va po‘stinbop qo‘ylar sonini keskin ko‘paytirildi, kavkaz,
oltoy,
stavropol zotli mayin junli, go‘sht-yog‘-jun yo‘nalishidagi tojik zotli,
respublikamizda ohangaron tipidagi yarimmayin junli-go‘shtbop qo‘ylar guruhi
yaratildi.
Sun‘iy urug‘lantirish orqali hayvonlarda trixanomoz, brutsellez, vibrioz kabi
bir qancha yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olishga erishiladi. Bunday
kasalliklar uzoq muddat davomida sigirlarning bepusht bo‘lib qolishiga sababchi
bo‘lib, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazadi.
Shuningdek, xo‘jalikda
hayvonlarni urchitish maqsadida nasldorlik sifati tekshirilmagan, genotipi
noma‘lum bo‘lgan ko‘plab buqalarni yillar davomida asrash zarurati qolmaydi,
natijada ortiqcha em-xashak sarflash va ularni qarash
uchun boshqa xarajatlar
hajmi qisqaradi.
Seleksiya ishlarida duragaylik kuchi va geterozislik effektidan foydalanish
imkoniyati kengayadi, shu bilan birga inbriding (yaqin qarindosh hayvonlarning
o‘zaro urchitilishi) holatlari nazorat qilib boriladi va uning
zararli oqibatlarining
oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: