O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Aa )  genotipga ega. (59-rasm).  ♀A a → × ← ♂ aa



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Aa

genotipga ega. (59-rasm). 
♀A a → × ← ♂ aa 
 
A a A a a a a a 
50 % sh
erozi 50 % arabi 
59-rasm. Geterozigotali va gomozigotali hayvonlarni chatishtirish 
sxemasi 
 
Ularni o‘zaro chatishtirib, olingan duragay avlodlarda 25 % arabi (
aa

mo‘yna beruvchi qo‘zilar tug‘iladi. Sherozi bo‘yicha dominant gomozigotali 
qo‘zichoqlarning hammasi embrionlik davridayoq nobud bo‘ladi. Ular F
1
avlodlarining 25 % ini tashkil etadi. Buning natijasida duragay avlodlardagi 
ajralish odatdagi 3 : 1 nisbatda emas, balki 2 : 1 nisbatda ro‘y beradi. Qorako‘l 
qo‘ylarini ko‘paytirish jarayonida 25 % qo‘zichoqlarning embrionlik davrida 
nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun genetika qonunlariga asoslangan samarali 
usul amaliyotga tadbiq etildi va u keng miqyosda qorako‘lchilik xo‘jaliklarida 
qo‘llanilmoqda (60-rasm).
A)
 
B) 
60-rasm. Qorako‘lchilikda genlarning letal ta‘siri (A) va uning oldini olish 
chorasi (B). 


124 
Bu usulga binoan sherozi sovliq va qo‘chqorlar bir-biri bilan emas, balki 
sherozi sovliqlar arabi qo‘chqorlar bilan chatishtiriladi va ulardan olinadigan 
qo‘zilarning 50 % sherozi, 50 % esa arabi mo‘ynadan iborat bo‘ladi. Natijada, 
sherozi qo‘zichoqlar miqdorini kamaytirmasdan, hech qanday qo‘shimcha 
xarajatlarsiz arabi qo‘zichoqlar tug‘ilishini 25 % ga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Hayvonlar seleksiyasida immunogenetik nazorat usullaridan 
foydalanish. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining bioxilma-xilligini saqlash, chorvachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda chorva mollari va 
parandalari bosh sonini ko‘paytirish bilan bir qatorda, ularning nasli va zotining 
sifatini ham yaxshilash talab etiladi. 
Chorva mollari va parandalarining kelib chiqishi va ularning sifat 
ko‘rsatkichlarini nazorat qilib boruvchi ishonchli usullardan biri, hayvonlarning 
kelib chiqishini qon guruhlari bo‘yicha immunogenetik nazorat o‘tkazib borishdir. 
Ma‘lumki, an‘anaviy usulda mollarni urchitish va ularning hisobini olib 
borishda, albatta, xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Natijada tekshirilayotgan yoki nasl 
uchun foydalaniladigan hayvonlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri 
ma‘lumotlarni qayd etish hollari kuzatiladi. Bunday tasodifiy noto‘g‘ri 
ma‘lumotlar yuzaga kelishining oldini olishda immunogenetika usullardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki odamda va hayvonlarda qon guruhlari 
butun umri davomida, tashqi va ichki muhit sharoitlari qanday bo‘lishidan qat‘iy 
nazar, o‘zgarmaydi. 
Immunogenetik nazorat o‘tkazish uchun hayvonlardan qon tahlili bir marta 
o‘tkaziladi va olingan natija hayvon pasportiga yozib qo‘yiladi. 
Laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun probirkaga 10 ml qon olinib, 
nomerlanadi, og‘zi yaxshilab berkitiladi va termosga solib laboratoriyaga 
jo‘natiladi. Qon namunalari bilan birga, qonni qaysi hayvondan olinganligi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham qo‘shib yuboriladi. 


125 
Immunogenetik nazorat usuli asosida yot (begona) qonga nisbatan, 
retsipient (qabul qiluvchi) qon zardobida antitelolar ishlab chiqish va 
agglyutinatsiyalanish jarayoni yotadi. 
Olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida hozirgi kunda 
qoramollarning 100 dan ortiq qon omili aniqlangan, cho‘chqalarda – 60 ta, 
tovuqlarda – 60 ta, ot va qo‘ylarda – 20 dan ortiq qon omili mavjud. Bu juda 
murakkab oqsil birikmalari, yoki oqsillarning polisaxaridlar bilan birikmasi bo‘lib, 
ularning har xil kombinatsiyalari natijasida chorva mollarida turli xil qon guruhlari 
vujudga keladi. Har xil qon omillarining o‘zaro qo‘shilishi natijasida qoramollarda 
13 ta qon guruhlari, cho‘chqalarda – 19 ta, tovuqlarda – 14 ta, otlarda – 8 ta va 
qo‘ylarda 7 ta qon guruhi mavjudligi aniqlandi. 
Genetika fanining irsiylanish qonunlariga binoan, yangi tug‘ilgan avlodlar 
o‘z ota-onalaridan, ulardagi mavjud gametalarning erkin kombinatsiyalanishi 
asosida ma‘lum irsiy belgilarga ega bo‘ladi va bu belgi, xususiyatlar ularning 
genotipi hamda fenotipida yuzaga chiqadi. 
Qon guruhi sistemasidagi antigenlar to‘plami juda katta variantlarda 
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Hayvonlarning ko‘payishi jarayonida shunday 
qon guruhi tiplari vujudga keladiki, ular amalda bir-birini hech qachon 
takrorlamaydi va o‘xshash bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, odamlarni qo‘l 
barmog‘ining iziga qarab ajratganidek, hayvonlarni qon guruhi bo‘yicha individual 
farqlash mumkin. 
Chorvachilik amaliyotida qon guruhining hayvonlar mahsuldorligi bilan 
o‘zaro bog‘liqlik darajasini o‘rganishga ham katta qiziqish bilan qaralmoqda. 
Bunday bog‘lanishning mavjudligi, undan seleksiyachi mutaxassislar uchun 
hayvonlar podasini qayta tiklash ishlarida foydalanish ko‘zda tutilgan. Shunga 
ko‘ra, qon tarkibida faqatgina yuqori mahsuldorlik belgisiga ega bo‘lgan 
hayvonlarni tanlab olish va tegishli saralash rejasini tuzish mumkin. Masalan, 
simmental, kostroma va latviya qo‘ng‘ir zotli sigirlarda qon guruhi ―
B
‖ alleli 
bo‘yicha gomozigotali bo‘lganda, sut mahsuldorligining oshganligi kuzatiladi


126 
yaroslavl zotli sigirlarda esa ―
AD
‖ tipidagi transferrin bilan xuddi shunday 
bog‘lanish mavjudligi aniqlandi. 
Sigirlar sutining serqaymoqligi, qon zardobida 

- globulinlar miqdoriga 
bog‘liqligi, sersutlik darajasi, sut tarkibidagi yog‘, oqsil miqdori hamda 
hayvonlarning kuyukishi va tuxum hujayralarning otalanish qobiliyati qondagi 
transferrin tiplarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ko‘plab ma‘lumotlar 
ilmiy adabiyotlarda keltiriladi.
Tovuqlarda qon guruhlarining alohida genotipi bilan tuxumlarining 
otalanishi, jo‘ja ochib chiqishi va postembrional davrda yashovchanlik 
qobiliyatining ortishi orasida bog‘lanish mavjudligi tajribalar natijasida aniqlandi.
Qoramol zotlarida olib borilgan ko‘plab tajribalarda, ma‘lum bir qon 
guruhlariga ega bo‘lgan sigirlarda sutining serqaymoqligi bilan umr ko‘rish 
davomiyligi orasida korrelyativ bog‘lanish borligi aniqlandi. 
Amerikalik olim Stinvild hamkorlari bilan hayvonlarda quyidagi qonuniyat 
mavjudligini aniqladi: ayrim qon guruhlari lokusi bo‘yicha geterozigotali qo‘ylar, 
yuqori vaznga ega ekanligi va go‘shtdorlik belgilari yaxshi ifodalanganligi bilan 
ajralib turadi. Shuningdek, antigenlik omili bo‘yicha geterozigotali sigirlar
gomozigotali tengdoshlariga nisbatan birmuncha sermahsul ekanligi ko‘rsatib 
berildi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin