142
Konstitutsiya hayvonlar hujayrasi, to‗qima va organlarnning umumiy va
oddiy ko‗rsatkichi bo‗lmasdan, balki barcha xossalarining bir-biriga bog‗liq
holdagi yagona murakkab birlashmasidan iborat. Konstitutsiya belgilari mollarni
maqsadga muvofiq tanlash va saralash, boqish va parvarish qilish natijasida, ular
ma'lum yo‗nalishga ega bo‗lishi kerak.
Konstitutsiya tiplari.
Mollarning tashqi ko‗rinishiga, to‘qima va a‘zolarining
rivojlanshiga va ulardan xo‗jalikda foydalanish usullariga ko‗ra, P. N. Kuleshov 4
ta (nozik, qo‗pol, pishiq va bo‗sh) konstitutsiya tiplari mavjudligini ko‗rsatdi.
Lekin, chorva mollari orasida bu to‗rt konstitutsiya tiplari sof holda uchramasdan,
ko‗proq biri ikkinchisiga qo‗shilgan holda bo‗ladi. Masalan:
I-nozik-pishiq; II -
nozik-bo‗sh; III - qo‗pol-pishiq va IV - qo‗pol-bo‗sh konstitutsiya tiplari uchraydi.
Bonitirovka o‘tkazishda har bir hayvonning asosiy mahsuldorligi muhim
ko‘rsatkich sifatida e‘tiborga olinadi. Masalan, sigirlarning sut mahsuldorligi,
sutidagi yog‘ miqdori, otlarning chopqirligi, og‘ir yuk torta olish xususiyati,
qo‘ylarning mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra jun mahsuldorligi va sifati, tovuqlarning
serpushtligi va tuxumining og‘irligi kabilar bonitirovka o‘tkazuvchining diqqat
markazida turadi. Bonitirovkani maxsus komissiya o‘tkazadi
va ularning
ma‘lumotlari vedomost - dalolatnomalar asosida rasmiylashtiriladi.
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‘ra baholashda, ularning zoti va zotdorligi
hisobga olinadi, qaysi tizim yoki oilaga mansubligi aniqlanadi.
Ekster‘yeriga ko‘ra baholashda, ularning tashqi qiyofasi hisobga olinadi.
Bunda katta yoshdagi hayvonlar 10 ballik, yosh mollar 5 ballik tizim asosida
baholanadi.
Vazniga ko‘ra baholashda mollar tarozida tortiladi va qaysi yo‘nalishga
mansubligi, zoti ko‘rsatiladi. Keyin har bir yo‘nalish va zot talabiga ko‘ra baho
beriladi.
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktatsiya davrida bergan sut miqdori,
sutining yog‘ va oqsil miqdoriga ko‘ra baholanadi.
143
Cho‘chqalar serpushtligi, bolalarining tez
semirishiga va ikki oylik
bolalarining vazniga ko‘ra baholanadi. Ularning sersutligi 21 kunlik bolalarini
tortib ko‘rish bilan aniqlanadi.
Qo‘ylar mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra junining vazni, sifati (tola ingichkaligi,
tekisligi, qalinligi va teryog‘liligi) bilan baholanadi.
Qorako‘l qo‘zilar 1-3 kunligida mo‘ynasining sifatiga qarab baholanadi.
Bunda terisining rangi, guldorligi, jingalaklarining
yirik-maydaligi, junining
yaltiroqligi hisobga olinadi.
Go‘sht-yog‘ yo‘nalishida boqiladigan qo‘ylar go‘shtdorligi va dumbasining
hajmi, vazni va tashqi ko‘rinishi, po‘stinbop qo‘ylar mo‘ynasining sifati va
serpushtligiga qarab baholanadi.
Parandalar qaysi yo‘nalishda boqilishiga ko‘ra serpushtligi, go‘shtdorligi,
tuxumining kattaligi va ekster‘yeriga ko‘ra baholanadi. Tuxumining vaznini
aniqlash uchun ularning 10 tasini tortib har birining o‘rtacha vazni aniqlanadi.
Bonitirovka ishlari tegishli vazirlik va idoralar
tomonidan tasdiqlangan
maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib boriladi.
Hayvon tanasining qismlarini o‗lchash natijalari asosida, tana tuzilishi
indeksidan tashqari, ekster‘yer profilini ham tasvirlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: