Ishni bajarish uchun topshiriq:
1-topshiriq.
Berilgan fotosurat va konturlar asosida hayvonlarning tashqi
tuzilishini, tana qismlarining joylashishini o‗rganing: har bir tana qismlarining
chegarasini ajrating va tegishli raqamlar bilan belgilab chiqing (67-rasm).
2-topshiriq.
Rasmlar asosida hayvonlarning tana tuzilishidagi asosiy
kamchilik va nuqsonlarini ko‗rsating (boshining o‗sib ketishi, dag‗al boshli sigir,
yag‗rinining uzun va ingichkalashuvi, orqa oyoqlarini egilgan holatda -
qilichsimon bosishi, belining osilib qolishi, orqasining ingichkalashuvi, orqa
oyoqlarini X-simon qo‗yilishi) va uning sababini tushuntirib bering (68, 69,70-
rasmlar).
144
67-rasm. Sigirning tana qismlarining chegarasi
145
H
ayvonlarning tana tuzilishidagi asosiy kamchilik va nuqsonlari:
68-rasm. B
oshining o‗sib ketishi
69-rasm. Belining osilib qolishi
70-rasm. Orqa oyoqlarini qilichsimon qo‘yilishi
146
3-topshiriq.
Rasm va fotosuratlar asosida chorva mollining turi va yo‗nalishi
bo‗yicha ekster‘yerini baholang. Bunda har bir tana qismlarini alohida baholang va
umumiy baholar natijasiga ko‗ra, qaysi sinfga loyiq ekanligini aniqlang.
Topshiriq natijalarini ish daftaringizga ko‗chirib oling.
71-rasm. Qora-ola zotli sigir
72-rasm. Shvits zotli sigir.
|