O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


-MAVZU QADIMGI TURKIY BITIKLAR FALSAFASI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə41/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

8-MAVZU
QADIMGI TURKIY BITIKLAR FALSAFASI
Mavzuning o’quv maqsadi
Talabalarda qadimgi turkiy xalqlarning og’zaki ijodi namunalariga oid ma’lumotlar Mahmud Qoshg’ariyning«Devonu lug’otit turk» asarida keltirilganligiga doir tasavvurlar hosil qilish, xalq og’zaki ijodi va afsonalarda milliy qadriyatlarning aks etganligi to’g’risida tushunchalar hosil qilish. Turkiy xalqlar yozuvi, Kultigin, Bilga xoqon, To’nyuquq, Ungin, Kulichur, Moyunchur bitiktoshlaridagi diniy-falsafiy qarashlarni mushohada qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Qadimgi turkiy xalqlar, Mahmud Qoshg’ariy, «Devonu lug’otit turk», mardlik, jasorat, ilm, kasb-hunar, halollik, sadoqat, fidoyilik, To’maris, Shiroq, Rustam, «Zarina va Striangiya», «Siyovush», runiy (sirli) bitiklar, urxun-enisey yozuvi, Kultigin, Bilga xoqon, To’nyuquq, Ungin, Kulichur, Moyunchur bitiktoshlari, sug’d, uyg’ur yozuvi, moniy yozuvi, Qoraxoniylar, arab yozuvi.
Asosiy savollar:

  1. Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk asari».

  2. Xalq og’zaki ijodida milliy qadriyatlarning aks etishi.

  3. Turkiy xalqlar yozuvi.

Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk asari»
Eng qadimgi turkiy xalq qo’shiqlari bizga qomusiy bilim sohibi Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali etib kelgan. Turkiy xalqlar og’zaki ijod namunalarida vatanparvarlik, insoniylik, hamjihatlik, mardlik va jasorat, ilm o’rganish, kasb-hunar egallashga da’vat, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, poklik, do’stlik sadoqat, kamtarlik, fidoyilik kabi turli-tuman insoniy fazilatlar o’zining badiiy ifodasini topgan edi.
Xalq og’zaki ijodida milliy qadriyatlarning aks etishi
Agar «To’maris», «Shiroq», «Rustam» singari xalq og’zaki ijodi namunalarida do’stlik, el-yurt himoyasiga otlanish va bu yo’lda jonini ham tikish, xalqni g’ayritabiiy kuchlar, ofatlardan himoya qilish singari yuksak g’oyalar mujassamlashgan bo’lsa, «Zarina va Striangiya», «Siyovush» singari afsonalarda milliy qadriyatlarimizning boshqa jihatlari ham tasvirlangan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin