15-MAVZU XX - XXI ASRLAR O’ZBEK FALSAFASI Har qanday falsafiy tadqiqot muammo doirasini va ilmiy kategoriyalarni, ob’ektning ichki va tashqi funktsional xususiyatlarini tizimli belgilarini aniqlab olishdan boshlanadi. Mazkur xususiyatlar va belgilarni aniqlab olmaslik eklektizmga, ob’ekt doirasini behad kengayib ketishiga olib keladi. X.G.Gadamer aytganidek, tadqiqotga oid tushunchalarni aniqlash ob’ektning “ma’naviy evolyutsiyadagi o’rni qanchalik chuqur” ekanini bilishga yordam beradi. Bizning tadqiqotimiz uchun shunday tushunchalar, kategoriyalar “jadid”, “jadidchilik”, “ma’rifat”, “ma’rifatchilik” hisoblanadi. Jadidchilik ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo’lishining asosiy sababi bevosita Turkistonning ichki muhitining fenomeni bo’lib, Rossiya imperiyasining XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyoni istilo qilishi bilan va buning natijasida vujudga kelgan mudhish ijtimoiy-siyosiy vaziyatning mahsuli bo’ldi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini yoritishimizda o’sha davrning manbalari hisoblangan o’zlari jadidchi va jadidchilikka xayrxoh bo’lgan ma’rifatparvar kishilarning jumladan, Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoe” (“Nodir voqealar”) hamda “Risolai tarixi amiron mang’it” (“Mang’it amirlari tarixi haqida risola”) asarlarida, tarixchi Mirza Muhammad Abdulazim Somiy Bo’stoniyning “Tarixi salotini mang’itiya dor ussaltanai Buxoroi sharif” (“Buxoro sharif saltanatidagi mang’it hukmdorlari tarixi”), tarixchi Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahimning “Tarixiy Salimiy” asarlariga tayanib, va Abdurauf Fitratning ikki asari “Munozara” va “Bayonati sayyohi hindi” asarlari asos bo’lib xizmat qildi.
Chorizmning bosqinchilik harakati o’lkamizni mustamlakaga aylantirish bilan chegaralanib qolmay, mahalliy aholining madaniyati va ma’naviy asoslariga putur etkazishga ham qaratilganligi uning siyosati davomida o’z aksini topib bordi. Turkiston mustamlakachilari mahalliy xalqlarni o’ta qoloqlikda ushlashni o’zlariga shior qilib olgan. Ularning ko’rsatmasi bilan xalqqailoji boricha mumkin qadar ko’proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish, toki bu xalqning boshqa narsalarni o’ylashga, siyosiy voqealarni anglab etishga bir zum ham vaqti, xohishi qolmasligini doimo nazarda tutib kelgan
Biz jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati haqida gapirishdan oldin tariximiz sahifalarida “oq dog’lar” deb ataladigan bu harakatning asl mohiyatini, maqsad-muddaolarini xolisona o’rganish va baholash o’z echimini kutayotganligini ta’kidlamoqchimiz. Chunki, g’oyaviy muxoliflar yaqin kunlargacha jadidchilikni faqat ma’rifatchilik harakati deb baholab keldilar. Maqsad – jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistikkommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Shuning uchun ham g’oyaviy muxoliflar jadidchilik harakatining burjua liberal, millatchilik harakati, mayda burjua ideologiyasini ifodalovchi oqim sifatida qarab kelingan edi. Aslida esa jadidchilik:
jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qildi;
mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g’ayrat va tashabbusi bilan vujudga kelgan Turkiston muxtoriyati bu yo’ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi;
maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Mana shunday islohotlarni amalga oshirishga bel bog’lagan jadidlarning ilg’or qismi mahalliy aholini jahonning taraqqiy etgan davlatlarida bo’layotgan o’zgarishlar va yangilanishlardan xabardor qilib borish lozimligini yaxshi anglaganlar.
Shu o’rinda professor B.Qosimovning jadidchilikka bergan ta’rifi ham e’tiborlidir. “Jadidchilik, deydi B.Qosimov,-ham ijtimoiy, ham siyosiy, ham madaniy harakatdir. Shuning uchun ijtimoiyki, u jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi, milliy uyg’onish ideologiyasi bo’lib xizmat qildi. Shuning uchun siyosiyki, u mustaqillik uchun kurash olib bordi... U madaniy harakat ham edi – adabiyotni yangiladi, matbuot va teatrchilikni yo’lga qo’ydi, maorifda esa “yangi maktab kontseptsiyasi” bilan chinakam inqilob yasadi. Eng muhimi, bularning barchasini ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab ko’rib chiqdi”1 .
Darhaqiqat, milliy o’zlikni anglashning o’sishiga muhim turtki bo’lgan va milliy ozodlik g’oyasini shakllantirib, o’z faoliyati bilan uni amalga oshirishga uringan kuchli progressiv harakat – jadidchilik bo’lgan. U jahondagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyatning pishib etilgan rivojlanish taraqqiyoti va o’lka tub erli aholisining zarur manfaatlariga javob berardi. Qoloqlik va jaholat, aholining ayanchli ahvoli, Turkistonning jahon tsivilizatsiyasidan orqada qolib kelishi, Islom va shariatning oyoq osti qilinishi va bunday og’ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o’z zamonasining ilg’or ziyoli, munavvarlaridan fikrmulohazalar paydo bo’ldi. Xullas, jaholat uyqusidan uyg’onish tarixiy zaruriyatga, rivojlanishning ob’ektiv talab va ehtiyojiga aylandi. Milliy demokratlar bo’lgan jadidchilik harakatining eng muhim jihatlaridan biri milliy ozodlik kurashi mafkurasi va taktikasini o’rganishga qaratilgan edi. Ular Evropa mamlakatlarining davlat qurilishi va qonunchiligi, Rossiya va Sharq xalqlarining mustamlakachilikka qarshi kurashi va demokratik harakatlari mafkurasi hamda taktikasining teng amaliy jihatlarini o’rganib, undan o’z mamlakatlariga mosini, to’g’ri keladiganini tanlab olishdi. Natijada, milliy ziyolilarning mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati kuchayishi, jadidlarni ikkiga ajralishiga ya’ni sof madaniy-ma’rifiy ishlar tarafdorlari va ikkinchidan ijtimoiysiyosiy institutlarni isloh qilish, mustamlakachilik va feodalizm kishanlaridan ozod bo’lish tarafdorlariga bo’linishlariga sharoit yaratdi.
Jadidchilar islom olami faylasuflari qoidalarida mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalangan holda ilmiy-gumanistik, falsafiy nazariyalarni ilgari surdilar. O’zbekiston faylasuflarining ustozi, marhum akademik Ibrohim Mo’minov Behbudiyning “Fan rahbarlariga, olimlarga” maqolasini tahlil qilib uning falsafiy qarashlari haqida to’xtalib shunday yozadi: Behbudiy moddiyunchilik va dahriylik, ishtirokiyunchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashmoq uchun ba’zan kalom falsafasi xulosalari ham ojizlik qilib qolishi mumkinligini anglab etgan.
Faylasuflarning fikricha garchand jadidizm, masalan frantsuz ma’rifatparvarligidan bir necha asr keyin yuz bergan hodisa bo’lsa-da, u o’z mohiyati bilan inqilobga qadar bo’lgan O’zbekistonning madaniy va ma’rifiy hayotida, frantsuz ma’rifatparvarligi singari, ijobiy rol o’ynadi. Jadidlarning falsafiy asarlarida olamiy aql, insonni Xudo bilan bog’lovchi aql degan mistik mulohazalar mavjud bo’lsa-da, jadidlar aqlning bir tomondan, ruhiy jarayon ekanligini va ikkinchi tomondan aql tashqi ta’sirning, ta’limtarbiyaning mahsuli ekanligini e’tirof etadi.
Sobiq ittifoq davrida hayotning barcha sohalari sinfiylik, partiyaviylik, xudosizlik tamoyillari va davlat mulki ustuvorligiga tayangani, so’z va vijdon erkinligi turli yo’llar bilan bo’g’ib kelingani, bir yoqlama dunyoqarash zo’rlik bilan singdirilganni tufayli falsafaning quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani achchiq haqiqatdir. U davrda totalitar tuzum va yakka partiya manfaatlari ustun qo’yilani oqibatida falsafa deganda, insonni – inson, xalqni – xalqqa aylantiradigan, uning qadr-qimmati va o’zligini aks ettiradigan, asrlar davomida bir butun tizim sifatida shakllanib, rivojlanib kelgan hodisa emas, balki sobiq mafkuraning maddohiga aylantirilgan, uning doirasidagi kichik bir soha tushunilar edi.
Mustabit sho’rolar davri o’zbek falsafasi taniqli olim, faylasuf Ibrohim Mo’minov nomi bilan bog’liq. Mashhur olim falsafa ilmiga qiziqdi, shu sohada maqola, risolalar yozdi va ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. “Falsafa - bepoyon olam. ...falsafa ilmi hududiy, milliy, mintaqaviy
xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birga, umumjahon mezonlari, qonuniyatlari, tarixiylik alomatlarini ham o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham Ibrohim Mo’minov xalqimiz falsafiy tafakkuri qadriyatlarini to’g’ri baholash maqsadida qadimgi yunon, Evropa, ayniqsa. Gegel falsafasini o’rganmoq zarur, degan qarorga keladi”-deb yozadi domlaning shogirdi, falsafa fanlari doktori, professor N.G’oyibov. Ibrohim Mo’minov falsafa ilmini o’rganish jarayonida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini ham amalga oshirdi.
U 1941 yil o’zbeklar orasida birinchilardan bo’lib “Gegel dialektikasining ratsional mag’zi” mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. 1943 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilinadi. Uning ta’sis majlisidayoq Ibrohim Mo’minov akademiyaning muxbir a’zosi qilib saylanadi.1946 yil Samarqandda “Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari” monografiyasi rus tilida bosilib chiqdi. 1950 yilda “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti tarixidan” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U 50-yillar boshlarida SamDUda ijtimoiy kafedraga rahbarlik qildi. Bu kafedra Respublikada falsafa yo’nalishida mutaxassislar tayyorlashda asosiy markazlardan biri bo’lib qoladi.
Professor N.G’oibov o’zining “Donishmand” risolasida Ibroxim Mo’minovnig xzmatlari to’g’risida quyidagicha yakuniy muhim ilmiy xulosalarni chiqaradi:
-Markaziy Osiyoda falsafiy tafakkur tarixi xalqimizning umumiy tarixi bilan chambarchas bog’liqlikda dialektik aloqada rivojlanib keldi; u jahon falsafasi tarixiy taraqqiyotining ajralmas va mazmunan boy qismidir;
-Markaziy Osiyo falsafasi hozirgi zamon falsafasining asosiy ilmiy-nazariy yo’nalishlaridan biri hisoblangan inson mavzusiga qadim zamonlardayoq falsafiy muammo sifatida e’tibor qaratdi va rivojlantirdi; inson axloqi, axloqning ijtimoiy mohiyati ayniqsa chuqurroq tahlil etildi;
-ijtimoiy-falsafiy g’oyalar birmuncha rivojlantirildi; odil jamiyat, odil hukmdor g’oyalari dadil targ’ib qilindi;
-Markaziy Osiyo falsafasida bilish jarayoni o’ziga xos usullarda tahlil etildi; sezgilar vositasida bilish, aqliy bilish, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik masalalariga muhim ahamiyat berildi;
-Markaziy Osiyo falsafasi oddiy dialektikaning rivojlanishiga o’ziga xos hissa ko’shdi. Bu o’rinda sonlar nazariyasi, inson tanasi hayotiy faoliyatining, shuningdek, moddiy borliqdagi, jumladan, fazodagi barcha predmetlarning xarakatlari qonuniyatlari haqidagi ta’limotlar muhim ahamiyatga egadir;
-panteizm ta’limotining sharqona yo’nalishlari (vahdati vujud, vahdati mavjud) falsafiy ilmlar taraqqiyotiga o’z xissasini qo’shdi; -Markaziy Osiyo falsafasi taraqqiyotida tasavvuf ta’limoti (tasavvuf falsafasi) g’oyalari o’ziga xos ahamiyatga ega;
-Markaziy Osiyo falsafiy fikrlar taraqqiyoti yuqoridagi xususiyatlari bilan jahon falsafasi taraqqiyotiga munosib hissasini qo’shdi;
Yurtimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar o’rtasida bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi Farmon asosida e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo’nalishi aynan diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag’ishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining Bosh qomusimiz va xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy tamoyillardan og’ishmay rioya etayotganidan dalolatdir.
Strategiya tushunchasi grekcha so’zdan olingan bo’lib aslida ―jang san’ati‖ma’nosini bildiradi. Bugungi kunga kelib ―strategiya keng tushunchaga aylanib, turli siyosiy-ijtimoiy sohalarda qo’llanilmoqda. Jumladan, ―Davlat strategiyasi siyosiy terminologiya sifatida bugungi kunda fan nazariyasi va amaliyoti darajasida o’zining alohida tushuncha va kategoriyalariga ega bo’lib:
Uzoqqa mo’ljallangan rejalashtirish san’ati;
Boshqaruv va rahbarlik mahorat san’ati;
Siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qilish san’ati:
Aholini ma’lum maqsadlar sari safarbar etish san’ati:
Mavjud resurslardan oqilona foydalanish san’ati:
Taqsimlash va samaradorlikni ta’minlash san’ati kabi tushunchalarni qamrab oladi.
Strategiya – bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Strategiya bu – strategik fikrlash, chuqur bilim va intuitsiya asosida muhitni, kelgusi sharoitlarning mavjud prognozlarini tizimli tahlil qilish natijasidir. Ushbu tahlilning yakuniy mahsuli – bu o’zidan avvalgi prognoz, vazifa, nuqtai nazar, ustuvorliklar va uzoq muddatli maqsadli vazifalarni rejalashtirish orqali bajarilishini talab qiladi.
Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi turli diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi zaminida ezgu g’oyalar turadi, ular insonni halollik, tinchlik, yaxshilik va do’stlik kabi fazilatlar tomon etaklaydi. Azaldan islom dini o’zga din vakillari bilan bahamjihatlikka chaqiradi. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: «(Ey, mo’minlar!) Sizlar ahli kitoblar bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilingiz, illo ularning orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustasnodirlar» (Ankabut surasi, 46- oyat). Insoniyat o’zini va o’zligini anglash yo’lida asrlar mobaynida turli muqaddas a’mollarga suyanib kelgan. Odamlarning e’tiqodlari, ular diniy-mifologik ta’limot ko’rinishida yoki muqaddas kitob shaklida bo’ladimi, qanday bo’lmasin, insonni o’zligini anglashga va o’zgaga bo’lgan ijobiy munosabatlarga da’vat etib kelgan. Ammo hozirgi globallashuv sharoitida din bilan bog’liq muammolar jahonning turli hudud va mamlakatlarida nozik masalalardan biriga aylandi.
Mamlakitimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusida anjumanda mazkur masalaga e’tibor qaratib, shunday dedi: “Biz ko’p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqyapmiz. Muqaddas islom dinini niqob qilib boshqa ko’chalarga kirib ketayotgan johil kimsalar bir narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamaydi. Ya’ni, islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo’ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g’oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo’lish – bu O’zbekiston xalqiga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz, buning shukronasini qilib, farzandlarimizni ham bunday ne’matning qadriga etadigan insonlar etib tarbiyalashimiz kerak emasmi?” [2; 58 b.]. Shunday ekan, yoshlarning ma’naviy olami, ma’rifatini oshirish, diniy va dunyoviy bilimlar bilan qurollantirish, bir so’z bilan aytganda, ularning tarbiyaga mas’ul ekanligini har bir shaxs his etmog’i lozim. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik sohasida o’z an’analariga doimo sodiq bo’lib, bu yo’ldan hech
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabr oyida Bosh assambleyaning 72-sessiyasida O’zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan 193 ta davlat keng qo’llabquvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O’zbekistonning sa’y-harakatlariga berilgan yuksak baho va e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g’urur-iftixor bag’ishlaydi”, deya alohida ta’kidladi.