O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə76/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Аксиология



Axiologies

Aksidensiya (lot. accidentia – tasodif) – substansiyaning muhim bo‘lmagan, tasodifiy xususiyatlari; ashyolarning mohiyatli, substan­sial xususiyatlarini aks ettiruvchi – atributning muqobili.

Акциденция

accidents

Alisher Navoiy (1441-1501) – Nizomiddin Mir Alisher Navo­iy o‘zbek adabiyotining asoschisi, mashhur shoir, olim, yirik mutafak­kir, davlat arbobi, ma’naviyatimiz rivojiga ulkan his­sa qo‘shgan siy­mo. A.Navoiy tasavvufning naqshbandiylik sulu­kiga e’tiqod qilib, undagi mehnatsevarlik, poklanish, halol­lik, imon-e’tiqodli bo‘lish kabi g‘oyalarni yanada rivojlantirdi. Navoiyning fikricha, inson uchun toj-davlat va h.k. emas, balki eng yaxshi fazilatlar ziy­nat­dir. Eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.

Алишер Навои

Alisher Navoi

Altruizm – (lot. alter, fran. altruisme – boshqa) atamasi falsa­faga O.Kont tomonidan kiritilgan. Altruizm egoizmga qarama-qar­shi axloqiy tamoyil bo‘lib, shaxsiy manfaatlaridan kechib, o‘zgalar man­faati, baxt-saodati yo‘lida beg‘araz xizmat qilish degan ma’noni ang­latadi. Altruist – o‘zgalarga beg‘araz g‘amxo‘rlik qiluvchi va odamlar baxt-saodati yo‘lida o‘zini qurbon qilishdan voz kech­may­digan shaxs.

Альтруизм

Altruism

Ambivalent (lot. ambi – ikki tomonlama +valentia – kuch) – ikkiyoq­lama, qarama-qarshi sifatlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi.

Амбивалентность


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin