Ayniyat qonuni (lot. lex indentitatis) – formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra muhokama jarayonida ma’lum predmet to‘g‘risidagi fikr hajm jihatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalashni talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Uning formulasi A=A dir.
Akmeologiya – (yunon. akme yetuklik, cho‘qqi, kamolot, yuksalish, yetuklik, logos – ta’limot, fan) – insonning kasb–hunar (mutaxassislik) jarayonida eng yuksak bosqichlarga yetish muammolarini o‘rganuvchi fan. Insonning yetuklik, ijod cho‘qqisi, kamolot va mukammallik darajasiga yetgan davri va rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
Акмеология
akmeology
Aksioma (yunon. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyaniisbotlash uchun isbotsiz qabul qilingan tushuncha. Mantiq fanida aksioma isbotsiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. U ilmiy nazariyalarning deduktiv xulosalar chiqarish yordamida tashkil topish usullaridan biri. Shuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko‘pincha aynan tushunchalar sifatida ishlatiladi.
Аксиома
Axiom
Aksiologiya –(yunon. axio – qadriyat va logos – fan, ta’limot) atamasiilmiy bilimlar sohasiga XIX asrning ikkinchi yarmida, nemis qadriyatshunosi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Uni qadriyatlar haqidagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Qadriyatshunoslik», deb atash mumkin.