Verifikatsiya (lot. verus – haqiqiy va facio – qilaman) – empirik yo‘l bilan tasdiqlash; ilmiy fikrlarni tajribada tasdiqlash orqali chinligini tekshirish protsedurasi. Atama neopozitivistlar tomonidan tavsiya etilgan.
Verifikatsiya
verification
Volyuntarizm(lot. voluntas – iroda) – iroda borliqning eng oliy ko‘rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Iroda volyuntarizmda tarixiy jarayonlarning ob’ektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan o‘zboshimchalik bilan o‘z hohish–irodasini hamma narsadan ustun qo‘yadi.
Volyuntarizm
Voluntarism
Voqelik – aktual, borliqning namoyon bo‘lishi.
Realnost
Reality
Garmoniya(yunon.harmonia – hamohanglik, kelishuv, xaosning muqobili) – bir butunlikni tashkil etuvchi narsa va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik, to‘la uyg‘unlik.
Garmoniya
Harmony
Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) – axloqni umumiylik tushunchasi Ruh falsafasidan keltirib chiqarishga urinadi. «Huquq falsafasi» asarida umumiy ruh kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘lishini tahlil etadi. Uning eng quyi pog‘onasi mavhum huquq bo‘lsa, eng yuqori pog‘onasi axloqdir. Axloqni shaxsning xususiy ishi emas, balki hamma uchun umumiy qonun bo‘lmog‘ kerak deb hisoblaydi.