Tezis (yunon. thesis – holat, tasdiq) – chinligi isbotlanishi lozim bo‘lgan fikr
Tezis
Thesis
Teyyardizm – zamonaviy falsafaning yo‘nalishi, asoschisi mashhur fransuz teologi, paleontologi Per Teyyar de Sharden. Teyyardizm «yangi» dunyoqarash sifatida insoniyatni ma’naviy taqchillikdan qutqarishni da’vo qilib chiqqan
Teyyardizm
Teilhardism
Teologiya (yunon. theos – Xudo va logos –so‘z, ta’limot) – Xudo haqidagi ta’limot
Til – insonlar o‘rtasidagi muloqot, tafakkur va fikr bayon qilish uchun xizmat qiluvchi belgilar tizimi. Til vositasida olamni bilish amalga oshadi, shaxsning o‘zligi ob’ektivlashadi