O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü67,13 Kb.
#180257
1   2   3   4   5   6
Fanning maqsad va vazifalari
Fanining o'qitishdan maqsad-talabalarga jiyda o'simligining xalq xo'jaligidagi ahamiyati, uning tabiiy tarqalish areali, zaxiralari, tabiatda undan foydalanish tartiblari va madaniy holda ekish hamda plantatsiyalarini tashkil etish texnologiyalari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifalari:
-talabalarni nazariy bilimlar, o'simliklar dunyosi tabiiy resurlari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqida nazariy va amaliy bilimlarni berish; tabiiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko'maklashish;
- ular ongiga milliy istiqlol g'oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish;
-tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish asosida soha doirasida hozirgi zamon dolzarb muammolarini ochib berish;
- jiyda o'simligining tabiiy zaxiralarini asrash va ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqish hamda shirinmiya o'simligini tabiiy sharoitlarda ekib ko'paytirish bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi.
Talaba:
"Jiyda yetishtirish texnologiyasi" kursi haqidagi ma'lumot, maqsad va vazifalari, uning bioekologik xususiyatlari;
-jiyda o'simligining farmatsevtika sohasidagi o'rni va ishlatilishi; O'zbekistonda jiyda o'simligining tabiiy zaxiralari;
-jiyda o'simligini ko'paytirishga oid qonun va me'yoriy-huquqiy hujjat
-O'zbekistonda dorivor o'simliklarni yetishtirish istiqbollari; jiyda turlari, tarqalish areallari;
-jiyda o'sadigan hududlar tabiiy sharoiti (relef, iqlim, tuproq, gidrogeologik);
-o'simlik tarkibidagi faol moddalar, ularni sifat ko'rsatkichlarini belgilovchi omillar haqida tasavvurga ega bo 'lish;
- o'simliklarni yetishtirishda yer va boshqa resurslardan samarali foydalanish;
-jiyda o'simligini yetishtirish uchun yer tanlash va uning xolatini baholashni;
-jiyda o'simligini yetishtirishda maydon navbatliligini tashkil etish;
-antropogen va zoogen omillar hamda ularni oldini olish chora tadbirlari bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
-jiyda o'simligini yetishtirishda tabiiy sharoitlarni tanlash, tabiiy populyatsiyalarini xatlovdan o'tkazish, urug'lani sarflash me'yorlari, muddatlari va usul hamda texnikalarini;
-tuproqning tabiiy namligini saqlash va ulardan unumli foydalanish tadbirlarini yuzasidan ко 'nikmalarga ega bo 'lishi kerak.
-jiyda o'simligi tabiiy zaxiralarini belgilash, tabiatda undan foydalanish tartiblari va madaniy holda ekish hamda plantatsiyalarini tashkil etish texnologiyalari, xom ashyosini tayyorlash borasida etarli malakaga ega bo 'lishi kerak.

Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin