O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 135,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix16.12.2023
ölçüsü135,18 Kb.
#182887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
portal.guldu.uz-Mikroiqtisodiyoit-kurs ishi (1)

7. Kurs ishini rasmiylashtirish 
Kurs ishini tayyorlashda umumiy qoidalardan tashqari hisob-kitoblar va statistik jadvallarni 
to„g„ri va asosli ishlanganligiga ham e‟tiborni qaratish lozim. 
Har bir hisob-kitobda tushuntirishlar asoslangan holda berilishi lozim. Jadval, diagramma 
yoki chizmalarning manbalari va nomi ko„rsatilishi bilan birga, jadvaldan so„ng albatta jadvaldagi 
ma‟lumotlarga salbiy yoki ijobiy izox berish lozim bo„ladi. 
Umumiy qabul qilingan belgilardan tashqari boshqa so„zlarni qisqartirib yozilishiga stilistik 
xatolarga yo„l qo„yilmasligi va kurs ishi mavzusini yozilishi adabiy tilda bo„lishiga ham ahamiyat 
berishi kerak.
Xamda 14 shirift, 1,5 interval, Times new roman (baltikauzb)da yozilishi shart.
Kurs 
ishini matni aniq, erkin o„qiladigan xusnixatda standart yozuv qog„ozining bir tomonida yoziladi, 
qog„ozning chap qismidan 3 sm., yuqori qismidan 2 sm., o„ng tomondan 1,5 sm., past qismidan 2 
sm. joy qoldiriladi, raqamlash varoqning pstki qismida bajariladi.
 Kurs ishi qo‘lyozmada qog‘ozning bir tomonida bajarilishi shart. 
Kurs ishi quyidagicha rasmiylashtiriladi: 

dastlab titul varag„i, mundarija, kirish, va bandlar, xulosa va takliflar, foydalanilgan 
adabiyotlar ro„yxati, oxirida esa ilovalar beriladi; 

kurs ishi rahbarining taqrizi muqovaning ichki qismidagi konvertga solinadi; 

titul varag„i; 

mundarija alohida sahifada ko„rsatilishi, unda bandlar, savollar qaysi sahifadan qaysi 
sahifagachaligi ham qayd etiladi;

diagrammalar, chizma va jadvallardan himoya paytida foydalanish mumkin, faqat chizma 
va jadvallardan katta formatga ko„chiriladi; 
Kurs ishini varaqlari titul varag„idan boshlab hisoblanadi. Ammo titul varag„i va mundarijaga 
raqam qo„yilmay, kirishdan qismidan 3 raqami bilan boshlanadi.
 
8. Kurs ishni himoya qilish 
Kurs ishi O„quv-uslubiy boshqarma tomonidan qat‟iy belgilangan jadval asosida semestrning 
oxirgi 2 haftasida himoya qilinadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kurs ish talaba 
tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar kurs ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch 
bildirgandan so„ng, ishni o„z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning 


faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs ishning boshqa ijobiy tomonlari 
tavsiflanadi. Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida, kurs ishini talaba tomonidan 
kafedrada tuzilgan Hay‟at oldida himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra 
mudiri talabaning kurs ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra 
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. 
Kurs ishini topshiruvchi talabani ma‟ruzasi 5-10 daqiqa davomida tinglaniladi. Ma‟ruzadan 
so„ng kurs ishi rahbarining taqrizi o„qib eshittiriladi. Hay‟at a‟zolari tomonidan berilgan savollarga
talaba aniq va tushunarli qilib javob berishi lozim. Rahbar taqrizi bo„yicha noroziliklar bo„lsa 
himoyachi kamchiliklar to„g„rilanganligi to„g„risida gapirib o„tishi lozim. 
Kurs bitiruv ishi ochiq himoya qilingandan so„ng Hay‟atning yopiq kengashida himoya 
natijasi muhokama qilinib 5, 4, 3 baho tizimda baholanadi («a‟lo», «yaxshi», «qoniqarli»). 
Baholashda mavzuni o„rganish darajasi, hisoblash natijalari, himoya qilishdagi maruza 
hisobga olinadi. Hay‟atning kurs ishni himoya qiluvi talabaga qo„ygan bahosi Hay‟at raisi 
tomonidan e‟lon qilinadi.

Yüklə 135,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin