O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»


Kurs ishiga qo‘yiladigan umumiy talablar



Yüklə 135,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix16.12.2023
ölçüsü135,18 Kb.
#182887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-Mikroiqtisodiyoit-kurs ishi (1)

Kurs ishiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Zamonoviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo„lishi, nazariy bilimlarni amaliy 
vazifalar bilan bog„lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o„z ustida tinmay ishlashni, 
nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishni talab qiladi. 
Kurs ishida talabaning oliy o„quv yurtida o„qish davomida to„plagan nazariy va amaliy 
bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, uning olgan 
bilimlari va ko„nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo„llay olishi 
namoyon bo„ladi. Kurs ishini bajarish talabadan universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan 
foydalanishni talab etadi, talabaning o„qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, 
chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo„llashga imkon beradi. 
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani echish vazifasi qo„yilishi muhimdir. Tadqiqot ob‟ekti 
sifatida muayyan bir bozor ob‟ekti yoki korxona chiqishi lozim. Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan 
bog„langan bir nechta masalalarni xam nazariy va amaliy chuqur taxlil etilishi talabaning 
muammoni mustaqil anglay bilishga qodirligini ko„rsatadi. 
Kurs ishi iqtisodiyotdagi iqtisodiy agentlarni faoliyati, ularning faoliyatini bozorda bir biriga 
muvofiklashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta‟siri va yuzaga keladtgan muammolarni hal etish 
yo„llari ko„rsatilgan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflarga ega bo„lishi lozim. 
Kurs ishining sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil 
ishga ijodiy yondoshish ko„nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi. 
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar quyidagilarga e‟tibor berishi lozim: 
- voqelikni o„rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar bo„lish; 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyati va mazmunini chuqur 
anglash; 
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o„rganilayotgan masalaning mohiyatini chuqur 
anglab etish; 
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish; 
- aniq bir korxona yoki ob‟ekt misolida mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan barcha 
ma‟lumotlarni to„liq yig„ish va qayta ishlash; 
- ishda iqtisodiy tadqiqotlar olib borishning turli usullaridan, ilmiy-tadqiqot muassasalari 
tavsiyalari, ilg„orlar tajribasi, mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish; 
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo„lishiga, mavzuning etarlicha dolzarbligiga e‟tibor berish; 
- o„rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda ko„chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha 
ma‟lumotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik; 
- boblar va bo„limlarning mantiqan bog„lanishiga e‟tibor berish, fikrlarni qisqacha bayon etish 
orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo„l qo„ymaslik; 
- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o„z o„rnida ishning mazmunidan 
kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar bera olish; 


- tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va samaradorligini baholash mezonlari 
bo„lishiga e‟tibor berish, ishning faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo„lib qolishiga 
yo„l qo„ymaslik; 
- ishda ko„rgazmali vositalardan, ya‟ni jadvallar, chizmalar, diagrammalar va grafiklardan 
unumli foydalanish; 
- mavzu ustida maqsadga yo„naltirilgan va tizimga solingan ish olib borish, kurs ishini 
bajarish muddatlariga qat‟iy rioya etish. 
Kurs ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarning 
to„g„riligi va sifati uchun talabalar ma‟sul hisoblanadilar. 

Yüklə 135,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin