Ikkinchi bandda odatda muayyan
mavzu bo„yicha o„rganilayotgan muammoning umumiy
holatini tahlil etishga bag„ishlanadi. O„rganilayotgan ob‟ektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini
tahlil etish etarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma‟lumotlari tahlili asos qilib
olinishi lozim.
Savollarning yoritilishi korxonaga oid umumiy ma‟lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish
sharoitlarini tahlil etish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati,
ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko„rsatkichlarni tahlil etishda
ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog„liq holda ochib berish maqsadga muvofiq.
Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o„zgarishlar, ularning
iqtisodiy samaradorlikka ta‟siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni
keltirib chiqargan sabablarga keng o„rin berish lozim.
Tahlillar olib borilgan ob‟ekt misolida ilmiy mavzu tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar,
grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi.
Uchinchi bandda muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo„yicha takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan takliflar amaliy jihatdan asoslanadi.
Eslatma:
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin. Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib
borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va
tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o„zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to„liq mos
kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday echilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq
natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar
bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.