O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
«Ijtimoiy iqtisodiy»
fakulteti dekani
_________ dots. B.To„ychiboev
«____» ___________ 2020 y.
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
2-kurs talabalari uchun “Mikroiqtisodiyot” fanidan
kurs ishlarini bajarish bo„yicha uslubiy
QO‘LLANMA
Guliston-2020
O.T. Sattorqulov, K.U. Raxmatov,
2-kurs talabalari uchun kurs ishlarini bajarish bo„yicha
uslubiy qo„llanma.– G.: 2020 -12 b.
Ushbu uslubiy qo„llanma kurs ishini bajaruvchi talabalar uchun mo„ljallangan bo„lib, unda
kurs ishini bajarish uchun qo„yiladigan talablar va kerakli ma‟lumotlar bayon etilgan.
Tuzuvchilar:
O.T. Sattorqulov
_________
K.U. Raxmatov
_________
Taqrizchi:
i.f.n., dots. A.Muxametov
_________
«IQTISODIYOT» kafedrasi majlisida muhokama qilingan va ma‟qullangan (kafedra
majlisining ____ sonli bayonnomasi, 2020 y)
Kirish
“Mikroiqtisodiyot” fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor narxini shakllanish
mexanizmlarini va bozor sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyatini o„rganadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning
ko„lamini kengaytirish bilan bog„liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o„rganishda
“Mikroiqtisodiyot” fani alohida o„rin tutudi.
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy tomonlarini o„rganish bilan birga,
mikroiqtisodiy modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va
ularning echimini topishda, shuningdek, sababiy bog„liqlikda xulosalar yasashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu fan fundamental fanlardan hisoblanib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o„rganishda asos bo„lib
xizmat qiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan
korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, iste‟molchilarning xatti-
harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo„llarini nazariy va amaliy
tomonlarini o„rgatadi. Kurs ishini yozish davomida talaba olgan bilimlarini mustaxkamlaydi.
1.
Dostları ilə paylaş: |