7
Kirish
O'zbekiston florasida 4500 ga yaqin yuksak o'simlik turlari mavjud bo'lib,
ularning ko'pchiligi foydali o'simliklar hisoblanadi. Masalan, oziq ovqat o'simliklari 42
turni, ozuqabop (yem hashak) o'simliklar 107 turni, dorivor o'simliklar 113 turni,
alkaloid saqlovchi o'simliklar 76 turni, saponin saqlovchi o'simliklar 15 turni, efir
moyli o'simliklar 53 turni, yog' to'plovchi o'simliklar 56 turni, tanid saqlovchi
o'simliklar 59 turni, bo'yoqbop o'simliklar 58 turni, kamed saqlovchi o'simliklar 9 turni,
smola saqlovchi o'simliklar 9 turni, mum saqlovchi o'simliklar 5 turni, kauchuk
saqlovchi o'simliklar 4 turni, sellyuloza qog'ozbop o'simliklar 14 turni, yog'och
beruvchi o'simliklar 16 turni, ziynat (bezak) uchun foydalaniladigan o'simliklar 30
turni, asal shira beruvchi o'simliklar 115 turni o'z ichiga oladi.
Ushbu fan floramizda uchraydigan dorivor o'simliklarning morfologik
tuzilishini, hayotiy shakli, yer sharida tarqalish qonuniyatlari, sistematikasini,
bioekologiyasi, geografiyasini, geobotanika va uning vazifalarini, O'zbekiston
Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan dorivor o'simlik turlarni asrash va ulardan
oqilona foydalanish kabi masalalar atroflicha o'rganadi. Fan tabiat va jamiyatning
ekologik negizi, tarkibiy qismlari, jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
va ularning amal qilish qonuniyatlari, ekologik muammolarni kelib chiqish sabablarni
qamrab oladi.
Uslubiy ko’rsatmada dorivor o’simliklarning turkumi turlarini aniqlash usullari
keltirilgan bo’lib, identiv o’quv maqsadi, kerakli jixozlar, mavzu bo’yicha qisqacha
nazariy ma’lumot, mavzu asosidagi rasmlar va nazorat savollari keltirilgan.
Laboratoriya ishlarini olib borishda O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi bilan
ishlanadi. Bunda talabalar tirik na’munalar yoki garbariylar va
planetarium.ru
,
POWO
,
ipni.org
saytidan olingan rangli rasmlar asosida mashg’ulotlarni amalaga oshirishadi.
Uslubiy ko’rsatmada amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun zarur bo’lgan
kerakli jihoz va materiallar, ishni bajarish tartibi, rasm va o’simliklarni sistematik
tahlillari, o’simliklar tarqalish areali xaritalari ham keltirilgan.
|