O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
Dars maqsadi: 
Talabalarda o’simliklar sistematikasida turlarni binar nomeklatura 
asosida oilalarini aniqlash, dorivor o’simliklar sistematikasi, o’simliklarning asosiy 
oilalari va ularning vakillarini tahlil etish va amaliy ko’nikmalar hosil qilish. 



Identiv o’quv maqsadi

1.
O’simliklar sistematikasida turlarni binar nomeklatura asosida oilalarini aniqlay 
oladi.
2.
Dorivor o’simliklar lotincha (nomeklatura) nomlarini o’qish qoidalarini biladi. 
Kerakli jihoz va materiallar
: O’quv-uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallar, 
o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
O‘simliklar sistematikasidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni 
talabalar vazifa olish jarayonida yoki undan oldin o‘qituvchi tomonidan oldindan 
tuzilgan rejaga asosan oladi. 
Ma’lumki yuksak o‘simliklar, xususan arxegonial va, ayniqsa, gulli o‘simliklar 
bo‘yicha olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar uchun mikroskop singari texnik 
asboblarning qo‘llanilmasligi ularni bajarishni ancha yengillashtiradi. 
O‘simliklarni o‘rganish jarayonida lupa (20 barobar katta qilib ko‘rsatadigan), 
laboratoriya ignasi, preparat tayyorlov oynasi, o‘simlikning rasmi va uning organlarini 
chizish uchun rasm daftari, kundalik ma’lumotlarni yozish uchun kundalik daftari 
va, nihoyat, rangli qalamlar bo‘lishi shart. 
Har qanday holda ham tirik o‘simlik bilan ishlash imkoni bo‘lmagan taqdirda 
gerbariy va oldindan spirtda tayyorlangan materiallardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Materiallarni yig‘ish 1-2 kurslarda o‘tkaziladigan o‘quv dala amaliyoti davomida 
amalga oshirilishi mumkin. Yil davomida bajariladigan topshiriqlarni bajarish uchun 
zarur materiallarni o‘quv dala amaliyotiga qadar o‘simliklar qayerda, qanday muhitda 
o‘sishi, vegetativ va generativ rivojlanish fazalarining qachon o‘tishini oldindan 
aniqlash va ro’yxat tuzilishi amaliy mashg‘ulotni o‘tishni yengillashtiradi. Qulay 
bo‘lishi uchun o‘simlikning guli, gul to‘plami yoki boshog‘i alohida yig‘ilib spirtga 
solib qo‘yiladi. Shunday qilinsa bu organlar o‘z tabiiy holatini uzoq vaqt saqlaydi. 
Bu maqsadlar uchun dorixonada ishlatiladigan 25-50 ml xajmdagi 
shishachalardan foydalanish mumkin. Spirtli shishachalarga solingan o‘simlik 
organlari probka bilan mustahkam qilib berkitilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari 
teriladigan materiallarning har bir turi (to‘pgul, boshoq va hokazo) alohida-alohida 
xaltachalarga solingan, ustida etiketkasi bo‘lishi zarur. 
Ishni mustaqil ravishda bajarish shu fanga taalluqli adabiyotlar bilan 
tanishishdan boshlanadi. Shundan so‘ng mavzuga oid qo‘llanma bilan tanishiladi. 
Talaba berilgan vazifani bajarar ekan, ishning boshlanishi, uni bajarilishi haqidagi 
ma’lumotlarni o‘z kundalik daftariga yozib borishi va nazorat savollariga javob 
tayyorlashi zarur. 
Bajarilgan mustaqil ishlar qatoriga etiketkasi to‘liq va to‘g‘ri yozilgan gerbariy 
materiallari ilova qilinadi. 


10 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin