O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Kerakli jihoz va materiallar

Equisetaceae, Athyriaceae
oilalari vakillari
 
gerbariy 
na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
Topshiriqlar: 
1.
 
Equisetaceae, Athyriaceae
oilalari vakillarini sistematik tahlil qiling.
 
2.
 
Qirqbo’g’imdoshlar (
Equisetaceae
) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik 
hususiyatlarini yozing.
 
3.
 
Qirqquloqdoshlar (
Athyriaceae
) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik 
hususiyatlarini yozing.
 
4.
 
Qirqbo’g’imdoshlar (
Equisetaceae
) va oilasining tarqalish hududlari bilan 
tanishing.
 
5.
 
Qirqquloqdoshlar (
Athyriaceae
) oilasining tarqalish hududlari bilan tanishing.
 
6.
 
Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan ikki oila turlari 
dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot to’plang. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. 
Qirqbo’g’imdoshlar 
oilasiga mansub o‘simliklar poyasining bo‘g‘im va bo‘g‘im 
oralig‘idan iborat ekanligi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarida mayda barglar o‘zining 
tub qismi bilan halqa shaklida o‘rnashgan. Xozirgi turlari yer ostida gorizontal va 
vertikal o’suvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalari 
(telom)ning o’zgarishidan kelib chiqqan. 
Dala qirqbo’g’imi ko’p yillik o’t o’simlik. Tashqi tuzilishi va spora hosil 
qilishidagi o‘ziga xosligi bilan boshqa yuksak sporali o‘simliklardan keskin farqlanadi. 
U daryo yoqalarida, ariq bo’ylarida ba’zan esa ekin maydonlarida begona o’t sifatida 
o’sadi. Tik o‘suvchi, balandligi 50 sm ga qadar. Unda kraxmalga boy tuganaklar va 
ko‘p sonli ildizlar mavjud. Ildizpoyasi er ostida 0.5-1 m gacha chuqurlikda joylashgan. 
Ildizpoyasi bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib, xar qaysi bo’g’imdan ildiz taraqqiy etadi. 
Ildizpoyadan tugunaklar ham xosil bo’lib, unda oziqa modda to’planadi va vegetativ 
ko’payish vazifasini bajaradi. Ildizpoyalaridan ikki xil novdalar (poya) hosil bo‘ladi. 
Ularning biri bahorgi xlorofillsiz, qo‘ng‘ir rangli, spora saqlovchi novdalar, ikkinchisi 
yozgi yashil rangli, assimilyatsiya qiladigan novdalardir. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin