O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
 
MAVZU: RA’NODOSHLAR (
ROSACEAE
) OILASI TURKUMI TURLARI 
NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. 
 
Dars maqsadi: 
Ra’nodoshlar (
Rosaceae
) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili 
va o’rganish qoidalari va ularning morfologik, biologik shuningdek dorivorlik 
xususiyatlari haqidagi yangi bilim, ko’nikma, malakani shakillantirish.
Identiv o’quv maqsadi

1.
 
Rosaceae
oilasi turlari
 
nomeklaturasini tahlil qila oladi. 
2.
 
Ra’nodoshlar oilasi vakillarini morfologik va biologik xususiyatlarini biladi. 
Kerakli jihoz va materiallar
: Ra’nodoshlar oilalasi vakillari
 
gerbariy na’munasi, 
rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
 
Qisqacha nazariy ma’lumot 
 
Ra’nokabilar

Rosoidae
 
kichik ajdodi (sinfi) magnoliyatoifa bo'limiga kiruvchi 
eng yirik kichik ajdod bo'lib, u 40 ta qabila, 160 ta oila, 2800 taga yaqin turkum va 
55000 tadan ziyod turni o'z ichiga oladi. 
Ra’nonamolar - 
Rosales
 
qabilasi. Bu qabila 3 ta oiladan iborat. Taksonlarga boyligi 
jihatidan Ra-nodoshlar oilasida alohida o'rinda turadi. 
Ra’nodoshlar oilasi - 
Rosaceae
 . 
Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta 
dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda oilaning 
32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O'zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o'sadi.
Hayotiy shakliga ko'ra ularga o'tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. 
Barglari ketma ket o'rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To'pgullari har xil. 
Gullari to'g'ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo'rg'onli, gulqo'rg'on bo'laklari 5 tadan 
(ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda 
ko'p bo'ladi. Gulo'rni yassi, likopchasimon yoki bo'rtgan, ba’zan mevasiga qo'shilib 
o'sib, soxta meva hosil qiladi. Urug'chisi bitta yoki bir ncchta mevabargdan iborat. 
Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi Ca
5
Co
5
A

G
(1-5-∞)
. Mevalari 
turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong'oqcha, pista, to'p meva, soxta meva, 


32 
rezavor meva va boshqalar bor. Oila vakillari asosan urug'idan ko'payadi, vegetativ yo'l 
bilan ko'payadiganlari ham bor (masalan, atirgul, qulupnay va boshqalar) 
Oila generativ va vegetativ a ‘zolarining belgilariga ko'ra 7 ta oilachaga bo'linadi. 
Bular orasida O'zbekistonda vakillari keng tarqalgan. Tobulg'idoshchalar 
(
Spiraeoideae
), Ra’nodoshchalar (
Rosaideae
), Olmadoshchalar 
(Maloidcae - 
Pomoideae
) va Olxo'ridoshchalar (
Prunoideae
) oilachalari bor. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin