O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva


MAVZU: QOQI TURKUMI TURLARINI ANIQLASH USULLARI



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
MAVZU: QOQI TURKUMI TURLARINI ANIQLASH USULLARI. 
Dars maqsadi
: Talabalarda qoqi turkumi turlarini aniqlash usullari ko’nikmalarini 
shakillantirish. 
Identiv o’quv maqsadlari:
1.
 
Qoqi turkumi turlari to’g’risida ma’lumot bera oladi.
 
2.
 
Taraxacum Wigg
turkumi turlarini aniqlash usullarini biladi.
 
 
Kerakli jihoz va materiallar: 
o’simliklar aniqlagichi, gerbariylar, rasmlar, lupa, 
slaydlar. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. 


Qoqio‘tdoshlar oilasi - 
hayotiy shakliga ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar 
ustunlik qiladi. Bu oilaga asosan bir va ko'p yillik o'tlar hamda ayrim buta, liana va 
kichik daraxtlar kiradi. Ular xilma-xil ckologik sharoitda—cho'llardagi qumlarda, 
sho'rxok va gipsli tuproqlarda, adirlardagi mayda chag'ir Bu oilaga asosan bir va ko'p 
yillik o'tlar hamda ayrim buta, liana va kichik daraxtlar kiradi. Ular xilma-xil ckologik 
sharoitda—cho'llardagi qumlarda, sho'rxok va gipsli tuproqlarda, adirlardagi mayda 
chag'ir toshli, shag'alli joylarda buta va daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Barglari 
oddiy, ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib joylashgan. Yaprog'i 
turlicha shakl va kattalikda. Yonbargchalari bo'lmaydi.
Gullari turlicha kattalikda va rangda bo'lib, bir nechtasi birgalikda savatchalarda 
o'rnashgan. Gulqo'rg'oni bo'laklarining tuzilishi, shakli, soni, joylashishi har xil 
bo'lganligi hamda ularning savatchalarda joylashganligiga qarab bu oilaga 


74 
murakkabgullilar deb nom berilgan. Gul formulasi: Ca
5
Co
(5)
A
(5) 
G
(2) 
. Gullarning 
savatchalarida joylashishi oilaga xos eng muhim belgi bo‘lib, tashqaridan qaraganda u 
bitta katta gulga o'xshab ko'rinadi. Savatchalar ham o'ziga xos tuzilishga ega. Ular
sirtidan bir qator yoki bir nechta qatorli, shakli, hajmi, qalinyupqaligi, tikanli yoki 
tikansiz bo'lishi bilan bir-biridan farq qiladigan qoplovchi bargchalari bilan o'ralgan. 
Savatchalari shakliga qarab sharsimon, yarimsharsimon, tuxumsimon, ellipssimon, 
konussimon,kallakcha, disksimon va boshqacha bo'ladi. Ular katta-kichikligi jihatidan 
har xil. Eng yirik savatcha kungaboqarniki bo'lib, diametri 20—40 smga yetadi. Toshli, 
shag'alli joylarda buta va daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Barglari oddiy, ketma-
ket, ba’zan qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib joylashgan. Yaprog'i turlicha shakl va 
kattalikda. Yonbargchalari bo'lmaydi. Gullari turlicha kattalikda va rangda bo'lib, bir 
nechtasi 
birgalikda 
savatchalarda 
o'rnashgan. 
Gulqo'rg'oni 
bo'laklarining 
tuzilishi,shakli, soni, joylashishi har xil bo'lganligi hamda ularning savatchalarda 
joylashganligiga 
qarab 
bu 
oilaga 
murakkabgullilar 
deb 
nom 
berilgan. 
Gul formulasi: Ca
5
Co
(5)
A
(5) 
G
(2) 
. Gullarning savatchalarida joylashishi oilaga xos eng 
muhim belgi bo‘lib, tashqaridan qaraganda u bitta katta gulga o'xshab ko'rinadi. 
Savatchalar ham o'ziga xos tuzilishga ega. Ular sirtidan bir qator yoki bir nechta 
qatorli, shakli, hajmi, qalinyupqaligi, tikanli yoki tikansiz bo'lishi bilan bir-biridan farq 
qiladigan qoplovchi bargchalari bilan o'ralgan. Savatchalari shakliga qarab sharsimon, 
yarimsharsimon, 
tuxumsimon, 
ellipssimon, 
konussimon, 
kallakcha, disksimon va boshqacha bo'ladi. Ular katta-kichikligi jihatidan har xil. Eng 
yirik savatcha kungaboqarniki bo'lib, diametri 20—40 smga yetadi. 
Qoqi o’t
- Taraxacum pseudoalpinum
 
Schischk (
ikkinchi nomi ya’ni sinonimi 
Maracandicum
 Kovalevsk)
. Barcha qismlarida sutsimon shira bo‘lgan ko‘p yillik 
o‘simlik, ildizi yo‘g‘on, etdor bo‘lib, kam shoxlanadi, uzunligi 60 sm ga, diametri 2 
sm ga boradi. Barglari cho‘ziq nashtarsimon shaklda, ildiz yonida to‘p barglar hosil 
qiladi. Qoqi o‘t bo‘yi 5-30 sm gacha boradigan ichi kovak gulpoyalar chiqaradi, 
gulpoyalari bir nechta bo‘ladi va uchiga tomon sal inchigka tortib boradi.
Gullari sap-sariq bo‘lib, diametri 3-5 sm keladigan yakka-yakka to‘pgullar-
savatchalar hosil qiladi. Mevasi kumushsimon – qo‘ng‘ir tusli mayda urug‘ urchuq 
shaklida bo‘ladi. 
Aprel-may oylarida gullaydi, may-iyun oylarida mevalari yetiladi. 
Qoqi o‘t aholi yashaydigan joylarda, bog‘larda, ekinzorlarda, ariq bo‘ylarida, va 
nam yerlarda o‘sadi.
Respublikamizning Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Surxondaryo 
viloyatlarida uchraydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin