Mashinasozlikda va texnikada uzatmalardan asosan bir valdagi aylanma harakatni ikkinchi valga o‘tkazib berish uchun foydalaniladi. Bunday mexanizmlarni mashina mexanizmlari, bolalar o‘yinchoqlari, turli moslamalarning tarkibida, sement aralashtirish qurilmalarida, mexanik soatlar tarkibida uchratishimiz mumkin. Ammo bu uzatmalar tuzilishi va nomi turlicha bo‘lib, ulardan ishlatish joyi va maqsadiga qarab foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oddiy inson uzatmaning qaysi turi qanday vazifani sifatli bajarishini bilishi va tanlay olishi biroz mushkulroq.
Keys topshirig‘i
Sizningcha amaliyotda uzatmalarning qaysi turidan qanday vazifa uchun foydalanish samaraliroq bo‘lishini bilasizmi?
Foydalanish uchun manbalar ЕСКД. Общие правила выпольнения чертежей. -М.: “Стандарты”,
1970, 1981, 1991.
Raxmonov I., Qirg‘izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov
B. Chizmachilik. -T.: “Voris-nashriyot”, 2016-456 b.
Raxmonov I., Abduraxmonov A. Chizmachilikdan ma'lumotnoma. - T.: “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi”, 2005-310 b.
Abduraxmonov A. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi. -T.: “Cho‘lpon”, 2005.
To‘xtayev A., Abramyan Y. Mashinasozlik chizmachiligidan ma'lumotnoma, -T.: “ILM ZIYO”, 2010-262 bet.
Qirg‘izboev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi. -T.: “O‘qituvchi”, 1981-351 b.
Rajabova Sh. Uzatmalar mavzusini o‘qitish jarayonida talabalarning grafik savodxonligini rivojlantirish (bitiruv malakaviy ish, ilmiy rahbar: dotsent A.N.Valiyev). -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar
Bunday muammoli savollarga javobni ko‘proq atrofni kuzatish orqali olish mumkinligini va o‘quv adabiyotlarida uning ilmiy asosli javoblari bayon etilganligini hisobga oling.
Keysni yyechish jarayoni
Talabalar bajaradi.
O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi
Agar g‘ildirak o‘qlari orasidagi masofa yaqin bo‘lsa tishli (kuchlanish katta bo‘lganda) va friksion (kuchlanish katta bo‘lmaganda) uzatmalardan foydalaniladi. O‘z navbatida tishli uzatmalar yana to‘rtta turga bo‘linadi: silindrik tishli, konus tishli, chervyakli va reykali uzatmalar.
Agar g‘ildirak o‘qlari orasidagi masofa uzoqroq bo‘lsa zanjirli va tasmali uzatmalardan foydalaniladi.
Aylanma harakatni uzib-uzib (to‘xtab-to‘xtab) bir yo‘nalishga berish va yuk ko‘taradigan mashina hamda boshqa yuk ko‘taradigan moslama va ayrim
asboblarda barabanni teskari tomonga aylanishini oldini olish uchun xrapovikli mexanizmdan foydaniladi.
Xulosa. Uzatmalarning turlaridan o‘rinli va samarali foydalanish lozim. Faqat foydalanuvchi har bir uzatmaning bajaradigan vazifasini ilmiy va amaliy jihatdan o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.