O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


O‘quvchining grafik vazifalarini tekshirishga tavsiyalar



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə67/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘quvchining grafik vazifalarini tekshirishga tavsiyalar.
Chizmachilikdan o‘quvchilarning bilimi, ularning grafik savodxonlikka qiziqishlari qator ta'sirlarga bog‘liq.
Bu shartlarning asosiylari, quyidagilar:
*Chizmachilikka o‘rganish ham boshqa fanlardagi singari tarbiyalovchi xarakterda bo‘lib, yuqori ilmiy asosda olib borilishi kerak. O‘qituvchi bunda doimo nazariyaning amaliyot bilan aloqalarini tushuntirib borishi zarur. Dastlabki darslardanoq o‘quvchilarga chizmachilikning xalq xo‘jaligidagi va texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntirib borish kerak. O‘quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish va keyingi bilim olishlarida zarur bo‘ladigan chizmachilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari kerak.
•O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida o‘quv materialning tuzilishi, hajmi va mazmunini aniq tasavvur qilishi kerak. Darsning maqsadi va vazifalarini oldindan aniqlab olishi zarur. Darsga tayyorlanish va uni o‘tish vaqtida har safar o‘rganib qolingan sxema va shablon bo‘yicha ishlamaslik kerak.
O‘qituvchi darsda oldindan ko‘zlanmagan vaziyatlar yuzaga kelib qolishi mumkinligini esda tutishi kerak. Shuning uchun u hamisha asosiy maqsaddan chetlashmasdan zarur hollarda dars borishini o‘zgartirib o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkaza bilishi kerak. Dars mazmuni va uni o‘tish metodikasi nihoyatda aniq rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.
N.A.Dobrolyubov, har bir o‘quv fanining, shuningdek dars mazmunini aniqlashda o‘quvchilarning yosh va imkoniyat xususi-yatlarini hisobga olish, darsda o‘quvchilarga tushunarli, «haqiqiy» ta'lim nuqtai nazaridan zarur uchun o‘qituvchi chizmachilikning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilishi shart. Shuningdek u fanni o‘qitishda yuqori metodik mahoratga, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi dars yakuni va natijasi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabati va qiziqishi, uning tayyorgarligi, bilimi hamda mahoratiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqligini hamisha esda tutishi kerak. E'tiborsizlik, ma'suliyatsizlik va boshqa kamchiliklar o‘quvchilar bilan ishlash natijalariga hamisha salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda A.S.Makarenkoning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli: «Agar sizning ishingizda hamisha muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklar hamroh bo‘lsa, har qadamda o‘z ishingizni bilmaslingiz ko‘rinib tursa, siz kamsitishlar va har xil kinoyalardan ortiq hech bir nimaga erisholmaysiz».
O‘qituvchi o‘zini ma'naviy-siyosiy hamda ma'rifiy saviyasini oshirib borishi ustida tinmasdan ishlashi zarur. U milliy qadriyatlarimiz, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va o‘tmishini yaxshi bilishi, bularni o‘quvchilarga dars jarayonida o‘z o‘rnida tushuntirib, ongiga singdirib borishi zarur.
O‘qituvchi chizmachilikdan o‘quv dasturini puxta o‘rganishi, uning asosiy yo‘nalishi hamda mazmunini tushunishi, maqsadi hamda umumta'lim maktablaridagi yoki kasb-hunar kollejlaridagi vazifalarini aniq bilish shart.
Texnika, pedagogika universitet (institut, kollej) larning talabalari chizmachilik dasturida belgilangan majburiy yakka tartibdagi grafik vazifalar va tekshirish maqsadida beriladigan ishlarni bajarishlari lozim. Grafik vazifa, ya'ni yakka tartibda bajariladigan ish deganda, o‘tilgan mavzu asosida uyda (darsdan tashqari) mustaqil bajariladigan chizma tushuniladi. Grafik ish ma'lum format (bichim) da standart qonun-qoidalariga amal qilingan holda bajariladi.
Talabalarda grafik bilimlarni shakllantirish murakkab jarayon hisoblanib, o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘langan. O‘quv jarayonida hamma talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dars o‘tish imkoniyati o‘quv- grafik ishlarni bajarishda yakka tartibda yondashishdek yuqori bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘qituvchi talabalar bilan dars jarayonida foydalana olmagan imkoniyatlarni mustaqil grafik ishlarni chizayotganida amalga oshirishi mumkin. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni kyrsatadiki, talabalar asosan bilim va ko‘ynikmalarni yakka tartibdagi o‘quv grafik ishlarni bajarish orqali olmoqdalar. Chunki dars jarayonida beriladigan nazariy bilimlar asosan grafik ishlar orqali amalda mustahkamlanadi.
Grafik ishlarni tekshirish bosqichma-bosqich olib borilsa yaxshi natija beradi. Birinchi tekshirishni talabalar grafik ishlarni ingichka chiziqlarda chizib kelganlaridan keyin o‘tkazish mumkin.
Agar standart talablari buzilgan, chizmada xatolar bo‘lsa, talabaga mavzu qaytadan to‘liq tushuntirib berilgani ma'qul. Bunday chizmaga «Tuzatilsin» deb yozib, tekshirilgan sana belgilab qo‘yiladi. Shu tartibda chizma xatodan holi bo‘lguncha qayta-qayta tekshirilib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish yo‘llarini erinmasdan tushuntirish kerak. Navbatdagi tekshirishlar orqali talabalar bilan yakka tartibda ish olib borishda o‘qituvchi qaysi talabaga qanday murakkablikdagi grafik ish variantini tavsiya etish, qaysi biriga mavzuni umumlashtirib yoki maydalab tushuntirish mumkinligini bilib oladi.
Chizmalar taxt bo‘lgandan keyin ikkinchi tekshirishni o‘tkazish mumkin. Bunda standart talablariga to‘liq rioya qilinganligi asosiy maqsad qilib olinadi. Butun chizma bo‘yicha chiziq turlarining yo‘g‘onliklari bir xil bo‘lishiga ahamiyat beriladi. Ko‘pincha o‘quvchilar o‘lcham va markaz chiziqlarini standart talabida chizishmaydi, ularni detal konturidan, chiqarish chizig‘ini o‘lcham chizig‘idan ortiqcha qilib chizishadi, ya'ni 3-5 mm dan ortig‘ini o‘chirishmaydi. Oxirgi tekshiruvda asosiy yozuvning to‘g‘ri yozilganligi tekshirilib, baho qo‘yiladi.
Ba'zi talabalar chizmani chizishning oxirgi bosqichida ham xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bunday vaziyatda chizmani qayta chizdirmasdan, iloji boricha, o‘sha chizmaning xato joyini tuzatishga imkon berish lozim. Chizmalarning xatolarini tekshirishda va tuzatishda qalamdan foydalanish kerak. Chunki talabalar ba'zi o‘qituvchilarning qo‘lida siyoxli qalamni ko‘rib, «hozir chizmamni siyoxda bo‘yab tashlaydi» deb xavotirga tushishadi.
Grafik ishlarni baholash paytida chizma o‘z vaqtida, ya'ni ko‘rsatilgan muddatda topshirilayotganligi, uning sifati hisobga olinadi.

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari (2-ilova)



O’quvchining grafik vazifalarini tekshirish va uning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?








O’quvchining grafik vazifalarini tekshirish va undan darslarda foydalanishning yutuq va kamchiliklarini aytib bering.










O’quvchining grafik vazifalarini tekshirish va undan darslarda qanday muammolarni ko‘rsata olasiz?













Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin