Ishning va tanlangan mavzuning maqsadi - ta'lim tizimida testlarni yaratishning metodik ishlanmalari va ta'lim tizimida undan foydalanish omillarini tadqiq qilish. G‘arbda testlar yaratish muammolari bilan “ Educational
Measurement” deb nomlanadigan fan shug‘ullanadi. Bu fanning asosiy predmeti - o‘quvchilar tayyorgarligining darajasini o‘lchash uchun sifatli testlar yaratish va ishlab chiqarishdir. Bizning davrimizda bunday testlar nafaqat tayyorgarlik darajasini o‘lchash uchun, shu bilan bir vaqtda talabalar o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirish reytingini, o‘quv jarayoni monitoringini o‘tkazishda,masofadan turib test nazoratini o‘tkazish va barcha zamonaviy ta'lim texnalogiyalarida samarali foydalanilmoqda.
Test usulining dolzarbligi (aktualligi) boshqa pedagogik metodlar ichida e'rozsiz holda bir qator yutuqlari bilan ahamiyatlidir:
Testning o‘zi tekshiriluvchining haqqoniy baholash uchun tayyorgarligini yuqori ilmiy asoslanganligi.
Testlar metodining texnalogiyalashtirilishi.
Ulchamlarining aniqligi.
Barcha ishlatuvchilar uchun pedagogik nazoratining bir hil qoidalari va test natijalarini aynan ma'noda tushuntirish.
Test texnalogiyalarining boshqa zamonaviy ma'lumot texnalogiyalari bilan uyg‘unligi.
Test uslublarining nazariy va uslubiy asosini tushunchalar va terminlar sistemasi,test shakli va mazmuni tashkil qiladi.
Testni aniqlash.Pedagogik test - bu o‘ziga xos shakldagi vazifalar sistemasi, unda aniq mazmun va o‘sib boradigan qiyinchiliklar mavjud. Bu sistema o‘quvchi va talabalarning tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida yaratiladi.
Sistemalilik - bu testda sistemalashgan xususiyatga ega vazifalar borligini bildiradi. Birinchi navbatda bir sistemali bilimga muvofiqligini, bir o‘quv faniga bog‘liq va tartiblashganini aniqlash kerak. Vazifalar testda o‘sib boruvchi qiyinchiliklar tartibida eng osondan eng murakkabga qadar joylashtiriladi. Testlarning sistemalashtirilgan alomatlaridan biri ham vazifalarning murakkabligi bo‘yicha ajralib turadi.
Vazifalarning o‘ziga xos shakli shundan farqlanadiki, vazifalar masala va savollardan emas, balki to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarga bog‘liq mulohaza shaklida beriladi. An'anaviy savollar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lmaydi, javoblar esa noaniq va ko‘pso‘zli bo‘lib, ularni to‘g‘rililigiga pedagogning aqliy mehnati sezilarli ishlatiladi. Shuning uchun an'anaviy savol - javoblarni testlarga kirgazish noo‘rindir.
Aniq mazmunli testda faqat o‘quv fanlari mazmunigina taaluqli nazorat materialni ishlatish kiradi, boshqa narsalar pedagogik testga hech qanday bahonalar ostida kiritilmaydi. Masalan, aqliy darajasini tekshirish psixologik testga kiradi. Test mazmuni 4 ta asosiy shaklning birida saqlanib qoladi. Test shaklisiz test ham , mazmun ham bo‘lmaydi.
Pedagogik testalogiyada o‘zini nazariy oqlagan mezon - vazifalarning murakkablik mezoni. Usib boradigan murakkablikni stadiondagi to‘siqli yugurishga o‘xshatish mumkin. Faqat yaxshi tayyorlangan barcha to‘siqlardan o‘tishi mumkin.
Ba'zilar eng oson vazifalarda yiqiladilar, ba'zilar keyingilarida. O‘rta darajadagi o‘quvchi va talabalar faqat testdagi yarim vazifalarni bajara oladi. Test oxiridagi eng qiyin savollarga eng o‘qimishlilar javob beradilar.Vazifalarning qiyinligi ikkilamchi ko‘riladi: 1) aqliy operatsiyalarni soni va xarakteriga qarab; 2) tajriba yo‘li bilan ma'?ullash asosida. Ko‘p yillar murakkablik ko‘rsatkichlari tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Yangi variantlarda o‘quvchi va talabalarning aqliy faoliyatiga katta e'tibor beriladi.
Vazifa javobi kichik mulohazaga, mazmunga bog‘liq bo‘ladi. Har bir vazifada javoblar to‘g‘ri va noto‘g‘riga bo‘linadi. To‘g‘rilik mezonini test avtorlari oldindan aniqlaydi. Ba'zida vazifalarda javoblar hammasi har xil darajada to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bunday holda “ Eng to‘g‘ri javobni doiraga oling” deb qo‘rsatma bo‘lishi mumkin.
Bilim darajasi va tuzilishi javoblar tahlilida ko‘zda ko‘rinadi. Qancha ko‘p to‘g‘ri javob bo‘lsa, shuncha ball ko‘tariladi. Bu ball ko‘pincha bilim darajasi tushunchasi bilan bog‘liq. Bilm darajasi har xil vazifalarga javob berishda bir hil natija berishi mumkin. Masalan, 30 ta savolli testda o‘quvchi yoki talaba 10 ball
Agar o‘quvchi yoki talaba murakkab savollarga to‘ g‘ri javob berib, osonlariga noto‘g‘ri javob bersa, bu testning mantiqiga to‘g‘ri kelmaydi, tartibi buzilishini bildiradi.
Bu xol juda kam test xatoligi sababli uchraydi. Bilim tuzilishiga kura xar bir yunalishini testning tugri tuzilgani aniklaydi. Bu tuzilish elementar deyiladi.
Har bir o‘quv yurti birinchi navbatda bilim tuzilishini tugri shakllantirishga e'tibor kilishi kerak. Bilim orasida bush yorug‘liklar bulishini mustasno kilib, tayyorlov darajasini oshirishi kerak.
Bu mantik Yaponiya xamda Osiyo - tinch ummon mintakasm rivojlanayotgan davlatlarida yakkol kurinadi. Bilim darajasi o‘quvchining kobilyatiga va harakatiga bog‘lik, bilim tuzilishi esa o‘quv jarayonining tugri tashkiliga, ukishning individuallashtirishga, o‘quvchi va talabalarning mahoratiga, xolisona nazorat , xullas bizda etishmaydigan narsalarga bog‘lik.