O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə52/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Chizmachilik

Geometrik va proyeksion chizmachilik

Qurilish chizmachiligi

Chaxpalak” metodi.



  1. jadvalda «Charxpalak» interfaol metodi yordamida talabaning o‘z-o‘zini baholash keltirilgan. Bu misolda metodning vazifasi chizmachilikning turli, masalan, geometrik, proyeksion, mashinasozlik, qurilish va topografik chizmachilik bo‘limlariga tegishli berilgan mavzularni talaba qaysi bo‘limiga tegishlilarini aniqlashi kerak (8-jadval).

Metod bitta talabani emas, balki talabalarni guruh-guruhga ajratib ular o‘rtasida musobaqa shaklida o‘tkazilishi ham mumkin. Bu orqali o‘qituvchi talabalarga nafaqat nazariy bilim beradi, balki shuning bilan birga ularni olgan bilimlarini tekshirishi ham mumkin.
6.2-jadval





Chizmachilik
bo’limlari
Mavzular

1

2

3

4

5

To‘g‘ri
javob

Geomet- rik chizma- chilik

Proyek- sion chizma- chilik

Mashina- sozlik chizma- chiligi

Qurilish chizma- chiligi

Topo grafik chizma- chilik

1

Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchakliklar yasash



















2

Qiyalik va konuslik



















3

Ajraluvchi birikmalar



















4

Sirtlarni o‘tish chiziqlari



















5

Og‘ma qirqim



















6

Aksonometrik proyeksiyalar



















7

Zina bo‘lmalari



















8

Trubali birikmalar



















9

Rezbalar



















10

To‘qri va qiyshiq burchakli izometrik proyeksiyalar



















11

Tutashmalar



















12

Deraza va eshik o‘rinlari



















13

O‘lcham qo‘yish qoidalari



















14

Shriftlar



















15

Gidravlik sxemalar



















16

Yiqish chizmasi



















17

Mahalliy qirqim



















18

Parchin mixli birikmalar



















19

Lekalo egri chiziqlari



















20

Eksplikatsiya



















21

Qirqim va kesimlar



















22

Chervyakli ilashmalar



















23

Buyumni o‘zaro perpendikulyar ikki va uch tekislikka proyeksiyalash



















24

Eskiz va texnik rasm



















25

Og‘ma qirqim



















26

Uzatmalar



















27

Tekis qirqim



















28

Sirkul egri chiziqlari



















29

Ajralmas birikmalar



















4.Reja:“Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) tashkilotchisi” va “6x6x6”metodi.

  1. jadvalda «Men JIF tashkilotchisi» uslubida talabalar proyeksion chizmachilikka oid biror masalani ishlanish bosqichini aniqlashi so‘ralgan. Birinchi bosqichda har bir talaba alohida ishtirok etadi va baholanadi. Ikkinchi bosqichda esa guruh mayda guruhlarga kamida 4 kishidan bo‘linib ishtirok etadi va baholanadi. Mashg‘ulot oxirida esa o‘qituvchi har bir talabani alohida baholaydi hamda guruhlarni ham yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatib baholaydi.

Yuqoridagi interfaol metodlarni darslarda qo‘llanishidan maqsad talabalarga nazariy bilim berish bilan birga ularni amaliy malakalarini oshirishdir. Chunki o‘yinli texnologiyalar boshqa uslublardan shunisi bilan ajralib turadiki, talabani jamoa bilan ishlashga, erkin fikrashga o‘rgatadi va har bir talaba nazardan chetda qolmaydi. Shuningdek, o‘qituvchiga bilim berish ham baholash ham oson kechadi.
Ushbu o‘yinli metodning talabaga asosiy foydali tomoni shundaki, talaba proyeksion chizmachilikdan berilgan mavzularni oq qog‘ozda emas, balki hayolan ya'ni fazoviy tasavvurida tartibli va bosqichli ishlashni o‘rganadi.
6.3-jadval



Mavzu mazmuni

Yakka baho

Yakka xato

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To‘g‘ri javob

1

Detalning ikki ko‘rinishi chizma qog‘oziga joylashtirilib uchinchi ko‘rinishi topiladi
















2

Aksonometrik proyeksiyada qirqim bajariladi
















3

Detal chizmalariga o‘lchamlar qo‘yiladi
















4

Aksonometrik proyeksiya turi tanalanadi
















5

Detal aksonometriyasi quriladi
















6

Chizma qog‘ozi ramka chizig‘i chizilib, asosiy yozuv o‘rni ajratiladi
















7

Ortogonal proyeksiyada qirqim bajariladi
















11-jadvalda keltirilgan masala shartida “Detalining berilgan ikki ko‘rinishi asosida uchinchi ko‘rinishini topib, aksonometrik proyeksiyasi qurilsin, ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarilsin” mazmunida bo‘lib, uning rejali-algoritmi aniqlanishi talab etiladi.

6x6x6” metodi.


Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 30 nafar o‘quvchi va talabani muayyaan faoliyatga jalb etish, shuningdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash va ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan proyeksion chizmachilikka oid mashg‘ulotga har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 5 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. 5 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 5 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a'zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
«6x6x6» melodining afzallik jihatlari quyidagilar:

  1. Guruhlarning har bir a'zosini faol bo‘lishga undaydi.

  2. Ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi.

  3. Guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglab olish ko‘nikmalarini hosil qiladi.

  4. Ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.

  5. Eng asosiysi o‘quvchi yoki talabaning bu metod orqali chizmalarning chizish va o‘qish borasidagi bilimi shakllantiriladi hamda mustahkamlanadi.

Muhimi mashg‘ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma'ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o‘quvchi yoki talabadan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida «6x6x6» metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki, bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham axborot berish uchun ham birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mushg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (mummo)ni muhokama qilish imkoniyatinni yaratadi.
«6x6x6» metodidan chizmachilik fani darslarida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishini talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarnng to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
«6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi.

  1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 5 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.

  2. O‘quvchi yoki talabalar o‘qituvchi tomonidan 5 ta guruhga bo‘linadilar. O‘quvchi yoki talabalarning guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi turlicha yo‘l tutishi mumkin. Shakllangan 5 ta guruh 5 ta stol atrofidagi stullarga joylashib o‘tiradi.

  3. O‘quvchi yoki talabalar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot vazifasini e'lon qiladi hamda biror bajarilgan ishdan namuna ko‘rsatib o‘tadi.




Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin