“Qarorlar shajarasi” qiyin va turlicha vaziyatlarda turlicha qarorlar qabul qilinishi tezllashtiruvchi texnikadir. U shuningdek, o‘tib ketgan davrda qaltis qarorlarni qabul qilishda amal qilingan asoslarni tahlil qilish va to‘la tushunishga ham xizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quvchi va talabalarni darsda fan yuzasidan tug‘ilgan muammoni yechimi borasidagi g‘oyalarni izlab topishga va to‘g‘ri qaror chiqarishga o‘rgatishdir.
2.Reja:“Yozma bahs” metodi Metodning maqsadi: talaba (yoki o‘quvchi)larga o‘quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu oila jamoatchiligi fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda muloqatlar rejalashtirish imkonini berish. Metod orqali talabalarga berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoiti yaratiladi, ularda munozara madaniyati va o‘z fikrini asoslash qobiliyati rivojlantiriladi.
Bu uslubdan foydalanishda o‘qituvchi talabalarni baholash uchun asos xizmatini o‘tovchi ajoyib materialga ega bo‘ldi. Yozma bahslar metodi bunday muloqotlarni o‘quv xonasidagi barcha talabalar ishtirokida yozma shaklda o‘tkazish imkonini beradi
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Talabalar bahs mavzusi bo‘lishi kerak bo‘lgan mavzu bilan uyda yoki oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tanishadi. 6.1- jadvalda “Yozma bahs” metodi qo‘llash loyihasi keltirilgan. Bahs arafasida o‘qituvchi bo‘lajak mavzu to‘grisida o‘quvchilarga axborot berar ekan, bahslar qay yo‘sinda o‘tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta, bahslar birinchi marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsa, juda muhimdir). O‘qituvchi guruh talabalarini ikkiga ajratadi va ularni o‘quv xonasiga ikki tomoniga qator qo‘yilgan sonlar yoniga o‘tkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi (masalan, 1-guruh ijobiy holat joriy qilinishini tarafdorlari, 2-guruh bunga qarshi).
Shundan so‘ng, o‘qituvchi talabalarni juftlaydi, har bir juftda qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari bo‘lishi kerak. Juftlar tartib rahami yoki alifbo harflari bilan belgilanadi. Agar o‘quv xonasi talabalar soni toq bo‘lsa, o‘quvchi munozaraga yetishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. O‘qituvchi 1-guruh talabalariga (keltirilgan misolda- ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) har bir juft raqami (ramzi) bilan belgilangan katak qog‘ozli varaqlarni tarqatadi.
Talabalar auditoriyaning ikki tomonida o‘tirib, juftma-juft yozma muloqotni boshlaydilar. 1-guruh talabalariga o‘zlari maqullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog‘oz varag‘iga puxta taxrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtdan 2- guruh talabalari o‘zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bo‘lgan nuqtai nazarlarini isbotlashlari mumkin.
Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatini joriy qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo‘yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o‘z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Dalillar almashishining bunday tartibi 2-3 marotaba takrorlanadi, bunda har bir talaba (yoki o‘quvchi) sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishiga va o‘zining aks dalilini keltirishi shart. Talabalarning bilimlarining aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda talabalarga yakuniy fikrni yozish imkoni beriladi. Shundan so‘ng, yozma ish yig‘ib olinadi.
Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli - ikkala tomonga qaratilgan savoldir: qarshi tomonning qay bir dalili va isboti siz uchun eng yaxshi hisoblandi?
Talaba ishni yakkama-yakka yoki jufti bo‘yicha baholashi mumkin. Agar o‘qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo‘lsa, u haqida talabalarni darsninig boshidanoq ogohlantirish kerak.
jadval