3.Reja:“Klasster” (“Fikrlash kengligi shajarasi”) va Charxpalak metodi. Bu metod pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Klassterlash jarayonida o‘quvchining bildirgan fikri muhokama va tanqid qilinmaydi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 6.1-chizmada tayanch “Chizmachilik” so‘zini klassterlash ko‘rsatilgan. Tayanch so‘z sifatida “Qirqimlar”, “Kesimlar”, “Aksonometrik proyeksiyalar”, “Rezbalar”, “Ajraluvchi birikmalar”, “Uzatmalar” va chizmachilik fanining boshqa asosiy mavzularini olish mumkin. Tayanch s o‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar - “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “tayanch” so‘z bilan chiziq (yoki strelka)lar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlar”da “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Klassterni tuzish qoidasi. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.
Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.