21
1.2.3-rasm. “O’zbekenergo” AJning elektr stansiyalarida 2018-yilda
yoqilg’i iste’molining tarkibi
1.2.3-rasm. “O’zbekenergo” AJning elektr stansiyalarida 2018-yilda
yoqilg’i iste’molining tarkibi
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol
qilish
texnologik jarayonining o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi
elektrostansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan
birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni taqozo etadi.
“O’zbekenergo” AJ tarkibiga 49 korxona, shu jumladan 36
aksionerlik jamiyati, 6 unitar korxona, 7 mas’uliyati chegaralangan jamiyat
kiradi.
2018 yilda “O’zbekenergo” AJ issiqlik elektr stansiyalari tomonidan
mlrd. kVt elektr
energiyasi ishlab chiqarildi, 7,3 mln. Gkal issiqlik
eneregiyasi yetkazib berildi va elektr stansiyalarning umumiy belilangan
quvvati 14,1ming. MVtni tashkil etadi.
Elektr energiyasini
hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi
8,8 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr
tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr
22
energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zlektrtarmoq”
unitar korxonasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika iste’molchilariga elektr energiyasini sotish har bir
hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘n
to‘rtta tarqatish-sotish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan
amalga oshiriladi. Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming.
kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110
kVgacha
bo‘lgan podstansiyalar bor.
Respublika iste’molchilariga elektr eneregiyasini yetkazib berish
asosan eng sertarmoq kuchlanishga ega 0,4-6-10 kVli uzunligi 196 ming
kilometrdan ortiq bo‘lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj
va sozlash ishlarini
bajaruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va
yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi
yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.
Rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori malakali xodimlarning
mavjudligi “O’zbekenergo” AJga energetika uskunalaridan yuqori darajada
fodalanish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish bo‘yicha
farmoniga muvofiq “O’zbekenergo” AJ da 2018 yildan 2021 yilgacha
bo‘lgan davrda umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng 52 ta
investitsion loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Issiqlik
energiyasi
sohasidagi
tadbirlarni
amalga
oshirish
energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori
samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosidagi zamonaviy energiya
ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishi mkonini beradi.
23
“O’zbekenergo”
aksiyadorlik
jamiyati
shuningdek,
elektr
energiyasini
yetkazib
berishni
nazorat
qilish
va
hisoblashning
avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
hamda respublikaning barcha
hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga alohida e’tibor
qaratmoqda.
Rejalashtirilgan
dasturni
amalga
oshirishda
zamonaviy
texnologiyalarni va energiya tejovchi tejamkor uskunalarni joriy etish bilan
10 foizgacha elektr energiyasini yetkazib berish uchun yoqilg‘i sarfini
kamaytirish hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga hamda iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan
talabini
qondirishga, yoqilg‘i va energiya balansini diversifikatsiya qilishga
erishiladi.
Dostları ilə paylaş: