16
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi
sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan.
Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli
600 ming kVt quvvatli Chorvoq GES i va 165 ming kVt quvvatli
Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi.
O‘zbekiston energetika sistemasi O‘rta Osiyo Birlashgan energetika
sistemasini tarkibiy qismi bo‘lib, bunga undan tashqari Turkmaniston,
Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika sistemalari
kiradi. Hozirga vaqtda O‘rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES)
amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda.
Faqat Agadir-Olmata orasida Shimoliy Qozog‘iston BES bilan
bog‘laydigan va o‘tkazuv quvvati katta bo‘lmagan 500 kV kuchlanishli
aloqa liniyasi bor.
O‘zbekiston
Respublikasidagi
hamma
kuchlanishli
elektr
tarmoqlarini uzunligi 220 ming km.ni tashkil etib, bunda 500 kV
kuchlanishligi 1,6 ming km, 220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming
km.
Dostları ilə paylaş: