33
bo‘linadilar. Birinchi holda metallni qizdirish va eritish elektrod va metall
oralig‘ida bo‘ladigan yoydan kelib chiqadigan issiqlik hisobiga bo‘ladi.
Bevosita ta’sirli pechlarning keng tarqalgani po‘lat erituvchi va vakuumli
pechlardir.
Po‘lat erituvchi pechlar sanoat chastotali, 6-110 kV li elektr manbasiga
ulanadilar. Bir qurilmaning quvvat 45000 kVA gacha bo‘lib, quvvat
koeffitsienti 0,85-0,9. Metallni eritish jarayonida ekspluatatsion takroriy
qisqa tutashuv sodir bo‘ladi va tokning miqdori me’yoridan 2,5-3,5
marotaba ortadi. Bu esa podstansiya shinalaridan kuchlanishni pasayishiga
olib kelib, boshqa elektr iste’molchilarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun ko‘p hollarda bunday pechlarga ayrim transformator
podstansiyalaridan energiya beriladi.
Yoyli vakuum pechlarining quvvati 2000 kVA gacha bo‘lib, ta’minlash
30-40 V o‘zgarmas tok manbasidan bajariladi. Elektr energiyasining
manba sifatida 50 Gs li tarmoqga ulanadigan yarim o‘tkazgichli yoki elektr
mashinali o‘zgartgichlarni ishlatish mumkin. Vakuumli yoy pechlari I
toifali iste’molchilardan hisoblanadi.
Bilvosita ta’sir etuvchi pechlarda metallni qizdirish, eritish ko‘mir
elektrodlar oralig‘idagi yoydan hosil bo‘lgan issiqlik hisobiga bajariladi.
Bunday pechlar mis va uning qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Quvvati
500 kVA dan oshmaydi. Bilvosita pechlar 50 Gs li tarmoqqa maxsus
transformator orqali ulaniladi. Elektr ta’minotini ishonchligi nuqtai
nazaridan I iste’molchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: