49
1. S
x1
- Bitta iste’molchi tomonidan hosil bo‘ladigan yuklama. Uning
miqdori iste’molchining nominal quvvatiga teng(takrorlanuvchi qisqa
muddatda ishlovchi iste’molchining pasportidan quvvat UD=100% ga
keltiriladi). Bu yuklama asosida ta’minlovchi liniyaning ko‘ndalang kesimi
aniqlanadi va kommutatsiya, himoya apparatlari tanlanadi.
4.1-rasm. Korxona elektr ta’minoti umumiy sxemasi.
2. S
x2
- Guruh iste’molchilari hosil qiladigan yuklama.
Uning hisobiy
quvvatini
aniqlashda
yoritish
qurilmalarining
yuklamalarini
va
kompensatorlarning reaktiv quvvatlarini nazarda tutish kerak. Bu yuklama
asosida iste’molchilar guruhini energiya bilan ta’minlovchi liniyalarning
ko‘ndalang kesimlari aniqlanadi va kommutatsiya,
himoya apparatlari
tanlanadi.
110 – 220 kV energotizimdan
6 – 10 kV
6 – 10 kV
kV
SHMA – shinali magistral alyuminli o‘tkazgich
SHRA – shinali radial alyuminli o‘tkazgich
TSH – tarqatuvchi shit
TQ – tarqatuvchi qurilma
TP1
TP2
TQ
Seksiya 1
Seksiya 2
TSH
TSH
TSH
SHRA
SHMA
50
3. S
x3
- Sex transformator podstansiyasining (TP)
kichik kuchlanishi
(KK) tomonidagi shinalar yuklamasi. Uning qiymatini eng ko‘p yuklamali
smenada iste’mol qilinadigan o‘rtacha quvvatga teng deb olinadi. Ushbu
yuklama asosida sex podstansiyasining transformatorlari quvvatlari va
soni, TP shinalarining ko‘ndalang kesimlari, KK tomonidagi kommutatsiya
va himoya apparatlari qabul qilinadi.
4. S
x4
- Sex TP ning yuqori kuchlanishi (YUK)
tomonidagi hisobiy
yuklama. Uni hisoblashda TP ning KK tomonidagi hisobiy quvvatga
transformatorlardagi quvvat nobudgarchiliklarini qo‘shish kerak. Bu
yuklama asosida sex TP ga keluvchi YUK liniyalarning ko‘ndalang
kesimlari va shu liniyalarga o‘rnatiladigan kommutatsiya va himoya
apparatlari qabul qilinadi.
5. S
x5
- Bosh tarqatuvchi qurilma(BTK) shinalaridagi hisobiy yuklama.
Uning qiymatini aniqlash
sexlarning hisobiy quvvatlari, KK li
iste’molchilarning
hisobiy quvvalari,
zavod hududining yoritish
yuklamalari va kompensatsiyalovchi qurilmalarining reaktiv quvvatlari
asosida olib boriladi. Bu yuklama bazasida BTP dagi yig‘ma shinalar va
BTK ni ta’minlovchi liniyalarning ko‘ndalang
kesimlari aniqlanadi va
kommutatsiya, himoya apparatlari qabul qilinadi.
6. S
x6
- Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning (BPP) shinalaridagi
hisobiy yuklama. Uning qiymatini aniqlashda BPP dan ketuvchi
liniyalardagi hisobiy yuklamalar asos qilib olinadi.
Bu yuklama bazasida
BPP ning transformatorlari quvvatlari va soni, kommutatsiya va himoya
apparatlari qabul qilinadi.
7. S
x7
- BPP ning YUK tomonidagi hisobiy yuklama. Uning qiymatini
hisoblashda
BPP
ning
KK
tomonidagi
hisobiy
quvvat
va
transformatorlardagi nobudgarchiliklar asos bo‘ladi. Bu yuklama bazasida
BPP ga keluvchi YUK liniyalarning ko‘ndalang kesimlarini aniqlanadi va
51
kommutatsiya, himoya apparatlari qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: