O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

4. Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari. 
Bunday 
iste’molchilar barcha korxonalarda mavjud bo‘lib, hozirgi zamon 
stanoklarida 
elektr 
mashinalarining 
barcha 
turlari 
ishlatiladi. 
Yuritgichlarning quvvatlari juda xilma-xil bo‘lib, bir necha Vt lardan 
yuzlab kVt largacha boradi. Yuqori chastotali aylanma harakat hosil qilish 
va uni boshqarish talab qilinadigan stanoklarda o‘zgarmas tokda 
ishlaydigan 
elektr 
yuritgichlardan 
foydalaniladi. 
Elektr 
tarmoq 
kuchlanishlari 660-380/220 V bo‘lib, chastotasi 50 Gs. Elektr ta’minoti 
ishonchliligi bo‘yicha, ko‘p hollarda, bu iste’molchilar II toifali 
hisoblanadilar. Ayrim stanoklar uchun xavfsizlik texnikasi nuqtai 
nazaridan elektr ta’minotida uzilish bo‘lmasligi talab qilinadi.
5. Elektr pechlari va elektrotermik qurilmalar. 
Elektr energiyasini 
issiqlikga aylantirish usullariga qarab bu qurilmalar quyidagilarga 
bo‘linadilar: qarshilik pechlari; induksion pechlar va qurilmalar; yoyli 
elektr pechlari; aralash usullarda ishlovchi pechlar. 
Qarshilik pechlari 
qizdirish usuliga qarab bilvosita va bevosita ta’sir 
etuvchi pechlarga ajratiladi. Bilvosita ta’sir etuvchi pechlarda hosil 
bo‘ladigan issiqlik maxsus isitish elementlaridan tokning o‘tishi natijasida 
bunyod etiladi. Bunday pech qurilmalarida 1000 V gacha kuchlanish 
ishlatilib, chastotasi 50 Gs. Qurilmalarning quvvatlari 1000 kVt dan 
yuqori, quvvat koeffitsientlari esa ko‘p hollarda 1 ga teng. Ular bir yoki 
uch fazali qilib ishlab chiqariladi. 
Bevosita ta’sirli pechlarda hosil bo‘ladigan issiqlik buyum(material) 


32 
orqali elektr toki o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning quvvatlari 3000 
kVt gacha bo‘lishi mumkin. Bunday pechlar asosan, 380/220 V 
kuchlanishli 50 Gs tarmoqga ulanadilar. Quvvat koeffitsienti 0,7

0,9 
oralig‘ida bo‘ladi. Qarshilik pechlari II toifali iste’molchilar turkumiga 
kiradilar.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin