O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

 
 
 
 
 


14 
1-BOB. O‘ZBEKISTONDA ENERGETIKANING RIVOJLANISH 
TARIXI, BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI 
 
1.1.
 
O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi 
Turkiston energetika xo‘jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming 
o.k. dan ozgina oshgan bo‘lib, 51 elektr stansiyalardagi elektr motorlarning 
umumiy soni 500 tadan oshmas edi. 
1917-yilgacha hozirgi O‘zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini 
quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln.kVt

soat elektr 
energiyasi ishlab chiqarilgan edi. 
Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta ahamiyatga 
ega bo‘ldi. 1923-yil Toshkent chekkasidagi Bo‘zsuv kanalida suv elektr 
stansiyasi(GES) qurilishi boshlandi. 1926-yil O‘zbekiston energetikasini 
birinchisi, o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt 
quvvatli Bo‘zsuv GES i ishga tushdi. 
Respublikada quvvat o‘sishini asosini O‘zbekiston energetika 
sistemasi tuzilgan paytda (1934-yil) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalishida 180 
ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi. 
1939-yilda Qizilqiya ko‘mir havzasi negizida Quvasoy issiqlik elektr 
stansiyasi (IES) ni 12 MVt quvvatli kondensatsiyali turbina agregati va 
Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini 6 MVt 
quvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi. 
Elektr stansiyalarni qurilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi, 
magistral elektr tarmoqlarini qurish zarurligini keltirib chiqardi. Qodir 
GES ini ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida Respublikada birinchi 
bo‘lib, bu GES dan Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki 
tizimli liniya foydalanishga topshirildi. 


15 
1939-1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy IES 
ni Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan 
bog‘ladi. 
Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog‘lovchi 35 kV 
kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat 
rayonini elektr bilan ta’minlash uchun katta quvvatli «Северная» 
podstansiya qurildi. 
1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli 
Farhod GES i kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv 
bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalari 
yerlarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi suv to‘g‘onlari quriladi. 
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr 
stansiyasini 600 ming kVt quvvatli Angren IES ini va Olmaliq issiqlik 
elektr quvvati markazini(IEM) qurishga asos bo‘ldi. 
1972-yil Sirdaryo IES ida O‘rta Osiyoda birinchi katta kritik 
parametrlari: bug‘ bosimi 240 atm., harorati 545

C da ishlovchi 300 MVt 
quvvatli energetika bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo IES ida 10 
ta shunday quvvatli bloklari ishlamoqda. 
O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig‘indisi 12 mln.kVt dan ortiq
bo‘lgan, 38 issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan 
O‘zbekiston energetika sistemasi asosini yirik elektr stansiyalar, shu 
jumladan Sirdaryo IES (3 mln.kVt), Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-
Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy IES i (1,25 mln.kVt) tashkil etadi. 
Ko‘rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 800 ming 
kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. 
Loyiha quvvati 3,2 mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 
ming kVt li O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik IES ini 
qurilishi davom etmoqda. 


16 
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi 
sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. 
Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 
600 ming kVt quvvatli Chorvoq GES i va 165 ming kVt quvvatli 
Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. 
O‘zbekiston energetika sistemasi O‘rta Osiyo Birlashgan energetika 
sistemasini tarkibiy qismi bo‘lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, 
Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika sistemalari 
kiradi. Hozirga vaqtda O‘rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) 
amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. 
Faqat Agadir-Olmata orasida Shimoliy Qozog‘iston BES bilan 
bog‘laydigan va o‘tkazuv quvvati katta bo‘lmagan 500 kV kuchlanishli 
aloqa liniyasi bor. 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
hamma 
kuchlanishli 
elektr 
tarmoqlarini uzunligi 220 ming km.ni tashkil etib, bunda 500 kV 
kuchlanishligi 1,6 ming km, 220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming 
km.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin