13
KIRISH
«Elektr ta’minoti» fannini o‘qitilishidan maqsad - iste’molchilarni
kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi
elektr ta’minot tizimini o‘rganishdir.
«Elektr ta’minoti» fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Elektr
ta’minot sistemasini ratsional qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan
uskunalarni to‘g‘ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot sistemasini optimal
ishlashini oshirish metodlarini talabalar o‘zlashtirishidir.
«Elektr ta’minoti» fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda
o‘kuv rejasida rivojlantirilgan elektr texnika nazariy asoslari (zanjirlar
nazariyasi, transformatorlar, nosinusoidal katgaliklar qismlari); elektr
o‘lchov; elektr mashinalari; elektr ta’minoti sistemasida elektr stansiyalar
va podstansiyalar; injenerlik va iqtisodiy hisoblarda EHM ishlatilishi;
elektr ta’minoti sistemasida elektr tarmoqlari; energetikani matematik
masalalari va h.k. fanlarni bilishga asoslanadi.
Darslikda enеrgеtikaning jamiyat hayotidagi roli ko‘rib chiqildi,
enеrgiyani hosil qilish, uni korxonalarning mavjud iste’molchilari o‘rtasida
taqsimlanishi va iste’molchilarning turlari o‘rganilgan. Bundan tashqari,
O‘zbekiston enеrgеtikaning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi,
enеrgеtika va sanoat korxonasi elektr ta’minotining loyihalash masalalari
batafsil ishlab chiqildi. Sanoati rivojlangan davlatlarning elektr ta’monoti
tajribasi ifodalangan(kеltirilgan).
Dostları ilə paylaş: