17
energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-
energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining
asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning
barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish
ko‘zda tutilgan.
Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O’zbekiston
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish
va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq
farovonligiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
“O’zbekenergo” AJ elektr energetika
sohasidagi maxsus vakolatli
organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini
markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek
respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy
iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini
taqsimlash va iste’mol qilishning o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi
elektr
stansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini
markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi
8,8 mingdan ortiq bo‘lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari
orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib
berish ishlari “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga
oshiriladi.Elektr energiyasini respublika iste’molchilariga sotish har bir
hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi 14 ta
hududiy taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq
elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan kichik
stansiyalar mavjud.
18
Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV
kuchlanishli elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo‘lib, ular orqali elektr
energiyasining ko‘p qismi respublika iste’molchilariga yetkazib beriladi.
“O’zbekenergo”
AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini
amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va
yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan
shug‘ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.
“O’zbekenergo” AJ da rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori
malakali xodimlarning mavjudligi, energetika sohasidagi qurilish ishlarini
yuqori darajada olib borish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekenergo” AJ da
2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda tarkibiy o‘zgarishlar,
ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish” bo‘yicha
farmoniga muvofiq umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan
52 ta, shu jumladan issiqlik energetikasida 25 ta investitsiya loyihalarini
amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan,
energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori
samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya
ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.
Shuningdek, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida, elektr
energiyasini
yetkazib
berishni
nazorat
qilish
va
hisoblashning
avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
bilan respublikaning barcha
hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan
elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni
rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida
19
quvvati 100 MVt dan bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy
viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol
elektr stansiyasini qurish
rejalashtirilgan.
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy
etish bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini
yetkazib berish uchun maxsus yonilg‘ining solishtirma sarfini 10 foizgacha
qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini
sezilarli
darajada
oshirish,
yoqilg‘i
energetika
balansining
diversifikatsiyasini qattiq yoqilg‘ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan
2021 yilda 7,1 foizgacha ko‘tarish
bilan amalga oshirish va
iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish imkonini beradi.
O’zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan o‘zining ehtiyojini
to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo
Birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatlarining deyarli 50% respublikaga tegishlidir.
“O’zbekenergo” AJ energetika sohasida maxsus vakolatga ega
bo‘lgan organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti
tarmoqlarini va aholisini
markazlashtirilgan holda elektr ta’minoti bilan ta’minlaydi, shunindek
respublikaning bir qator shaharlari sanoat va kommunal-maishiy
iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.