Nazorat savollari:
1.
O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi?
2.
Elektr stansiya turlari haqida ma’lumot?
3.
O‘zbekistonda nechta elektr stansiyalari bor va ularni o‘rnatilgan
quvvatlari qancha?
4.
Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi?
24
2-BOB. SANOAT KORXONALARNING ELEKTR ENERGIYA
ISTE’MOLCHILARINI TASNIFLASH
2.1. Iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi va ish
rejimlari bo‘yicha tasniflanishi.
Elektr qurilmalari deganda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi,
transformatsiyalovchi, uzatuvchi, tarqatuvchi, boshqa turdagi energiyaga
aylantiruvchi, tok turini, chastotasini va fazalar sonini o‘zgartiruvchi
mashinalar apparatlar, liniyalar va qo‘shimcha jihozlar tushuniladi.
Elektr qurilmalari tokning turi(o‘zgaruvchan va o‘zgarmas),
kuchlanishi(1 kV gacha va 1 kV dan yuqori) va ishlatilishi bo‘yicha har xil
guruhlarga bo‘linadi.
Ishlatilishi bo‘yicha elektr qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: elektr
energiyasini ishlab chiqaruvchilar - elektr generatorlari; o‘zgartiruvchi va
taqsimlovchilar - transformator podstansiyalari; o‘zgaruvchan tokni
o‘zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiruvchi uskunalar;
elektr tarmoqlari; iste’molchilar - elektr qabul qiluvchilar. Elektr
iste’molchilari deganda, elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga
aylantiruvchi agregatlar, mexanizmlar, qurilmalar tushuniladi.
Elektr qurilmalarining neytral nuqtalari holatiga qarab quyidagilarga
bo‘linadi:
1) Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali to‘g‘ridan-to‘g‘ri
zaminlangan qurilmalar;
2) Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar;
3) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, biror liniya erga ulanganda zaminga
o‘tadigan toki kichik(I
z
500A) bo‘lgan, neytrali izolyatsiyalashgan
qurilmalar;
4) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, bir fazali yerga ulanish sodir
bo‘lganda zaminga o‘tadigan toki katta(I
z
>500A) bo‘lgan, neytrali
25
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminlangan elektr qurilmalar;
5) Kuchlanishi kichik(42 Voltgacha) elektr qurilmalari.
Elektr ta’minotining ishonchliliga qo‘yiladigan talablarga qarab elektr
iste’molchilar quyidagi uchta toifalarga bo‘linadi:
I toifa elektr iste’molchilari bunday elektr iste’molchilarda elektr
ta’minotidagi uzilish kishilarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, xalq
xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, qimmatli qurilmalarni buzilishi va
ko‘plab hom-ashyoni chiqindiga chiqishiga, murakkab texnologik
jarayonni uzoq vaqtga izdan chiqishiga, kommunal xo‘jalikning eng
muhim jabhalarida ishning buzilishga olib keladi. I toifali elektr qabul
qiluvchilar elektr energiyani kamida ikkita mustaqil ta’minlash
manbalaridan olishlari kerak va ularning elektr ta’minotidagi uzilishi vaqti
zahiridagi manbani avtomatik ravishda ulashga ketadigan vaqt bilan
belgilanadi.
Mustaqil manba sifatida ikkita elektr stansiya yoki podstansiyalarning
taqsimlash qurilmalari ishlatilishi mumkin.
Ko‘p korxonalarida I toifali elektr istemolchilarining solishtirma
miqdori katta bo‘lmaydi. Neft kimyosi, sintetik kauchik va metallurgiya
korxonalarida I toifali elektr qabul qiluvchilarining miqdori 70
80 % ni
tashkil etadi.
I toifali istemolchilaridan ayrimlari alohida guruh iste’molchilari
turkumiga kiradi. Ularni to‘xtovsiz ishlashi ta’minlansa kishilar hayoti
xavf ostida qolmaydi, portlashlar, yong‘inlar sodir bo‘lmaydi va qimmat
baholi qurilmalar ishdan chiqmaydi. Bularga, masalan kompressorlar,
ventilyatorlar, nasoslar, yer osti konlaridan yuqoriga ko‘taruvchi
uskunalarining yuritmalari va avariya holatlarda ishlaydigan yoritish
qurilmalari kiradi. Bunday alohida guruh iste’molchilari uchun uchinchi
qo‘shimcha mustaqil ta’minlash manbasi bo‘lishi kerak.
26
II toifali elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarining elektr
ta’minotidagi uzilish ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarilmasligiga,
ishchilarning ommaviy turib qolishiga, mexanizmlar va korxona
transportini ishlamasligiga, shahar va qishloq aholisining ko‘p qismining
normal faoliyatini buzilishiga olib keladi. Bu toifadagi iste’temolchilar
korxonalarda eng ko‘p qismni tashkil qiladi. Ularning elektr ta’minotini
ikkita mustaqil elektr manbalar orqali bajarilishi tavsiya etiladi. II toifali
iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish vaqti zahiridagi manbani
navbatchi shaxs yoki maxsus brigada faoliyatining ulashga ketadigan vaqti
bilan belgilanadi.
III toifali elektr iste’molchilariga yuqorida tanishilgan I va II toifali
iste’molchilar turkumiga kirmaydigan barcha elektr qabul qiluvchilar
kiradi. Ularning elektr ta’minoti bitta manba orqali bajarilishi mumkin. III
toifali elektr iste’molchilarida elektr ta’minotidagi uzilish 24 soatdan
oshmasligi kerak. Tokning chastotasiga qarab iste’molchilar 50 Gs
chastotali, yuqori (10 kGs gacha), o‘ta yuqori (10 kGs dan katta) va past
chastotali manbalardan ishlaydigan iste’molchilarga bo‘linadilar.
Korxonalarda asosan, 50 Gs chastotali iste’molchilar ishlatiladi. Yuqori va
o‘ta yuqori chastotali qurilmalar metallarni eritishda, toblashda,
qoliplashda keng ishlatiladi. Bunday manbalarni hosil qilish uchun tristorli,
ionli yoki lampali o‘zgartgichlar ishlatiladi. Past chastotali iste’molchilar
turkumiga transportda(16
2
3
Gs), suyultirilgan metallni aralashtirishda (25
Gs gacha) ishlatiladigan kollektorli elektr yuritgichlar kiradi. Past
chastotali elektr iste’molchilar sanoat korxonalarida keng tarqalmagan.
Sanoat korxonalaridagi elektr iste’molchilarining ish rejimlariga qarab
uch xarakterli guruhlarga bo‘lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |