29
tushuntirilmasa ham bo‘ladi. Ayrim sexlarda
ventilyator yuritgichlarida
elektr ta’minotini to‘xtashi ishlayotgan kishilarni yalpi zaharlanishiga olib
keladi. Bunday qurilmalar I toifali iste’molchilar turkumiga kiradi. Ular
kamida ikki mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr energiyasini olishlari
kerak.
Katta quvvatli kompressorlarda, nasoslarda
va ventilyatorlarda elektr
yuritma sifatida reaktiv quvvat ishlab chikaruvchi sinxron mashinalar
ishlatiladi.
Ko‘tarma-transport qurilmalari takroriy
qisqa muddatli rejimda
ishlaydilar. Bu qurilmalarda yuklamani keskin o‘zgarish hollari ko‘p
uchraydi. Shuning uchun quvvat koeffitsienti katta oraliqda o‘zgaradi(0,3-
0,8). Bu qurilmalar qayerda o‘rnatilganligiga qarab I yoki II toifali bo‘lishi
mumkin. Ko‘tarma-transort qurilmalarida 50 Gs li o‘zgaruvchan tok yoki
o‘zgarmas tok ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok tomonidan yuklama uchta faza
uchun simmetrik bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: