O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

2. Elektr yoritish qurilmalari.
Elektr yoritgichlari bir fazali 
iste’molchi hisoblanib, bittasining quvvati 2 kVt dan oshmaydi. Yoritish 
qurilmalari fazalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlansa, yetarli darajadagi 
simmetrik yuk hosil qilishi mumkin(nosimmetriyalik darajasi 5-10% dan 
oshmaydi).
 
Yuklama xarakteri bir tekis, keskin o‘zgarishsiz bo‘ladi, lekin kun, yil 
davomida uning miqdori o‘zgarishi mumkin. Tokning chastotasi 50 Gs. 
Quvvat koeffitsienti cho‘g‘lanuvchi lampalar uchun 1 ga, razryadli 
lampalarda esa 0,6. Gaz razryadli lampalar ishlatilganda nol liniyalarda 
yuqori garmonikali toklar hosil bo‘ladi. 
Sanoat korxonalarining yoritish qurilmalarida 6-220 V kuchlanish 
ishlatiladi. Yoritish qurilmalarining ishlatilishi o‘rniga qarab ular bir yoki 
ikki mustaqil manbalardan energiya oladilar. Agar korxonalarda yoritish 


30 
qurilmalarining o‘chishidan kishilar hayoti xavf ostida qoladigan bo‘lsa, 
bunday favqulloddagi holat uchun maxsus yoritish tizimi ishlatiladi. 
3. O‘zgartirish qurilmalari.
Bunday qurilmalar asosida 50 Gs uch 
fazali tokni o‘zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiriladi. 
Sanoat korxonalarida o‘zgartgichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
yarim o‘tkazgichli; simob qurilmali; yuritgich-generatorli; mexanik 
to‘g‘irlagichli. Bu qurilmalar elektroliz vannalari, korxona ichidagi elektr 
transporti, elektr filtrlar, o‘zgarmas tok payvandlash uskunalari, ko‘plab 
apparat va mashinalarning yuritgichlarini elektr bilan ta’minlashda 
ishlatiladi. 
Rangli metallurgiya korxonalarida alyuminiy, mis, ruh va boshqa toza 
metallarni elektroliz usuli bilan olishda kremniy asosida yaratilgan 
o‘zgartgichlardan keng foydalaniladi. Bunday qurilmalarda 6-35 kV li, 50 
Gs li tokni texnologik jarayon talab qiladigan kuchlanishli (835 V gacha) 
o‘zgarmas tokga o‘zgartiriladi. Elektroliz qurilmalari I toifali 
iste’molchilar turkumiga kiradi, ularning elektr ta’minotida qisqa muddatli 
uzilishlar bo‘lishi mumkin. Elektroliz qurilmalarining yuklamalari tekis va 
simmetrik. Quvvat koeffitsienti 0,85-0,9 oralig‘ida. Elektroliz jarayonida 
o‘zgarmas tok miqdorini birdek saqlash talab etiladi va shu munosabat 
bilan o‘zgaruvchan tok tomonidagi kuchlanishni rostlash zarur bo‘ladi. 
Zavod ichkarisidagi elektr transport qurilmalarining quvvatlari 100-
3000 kVt oralig‘ida bo‘lib, quvvat koeffitsientlari 07-0,8 ni tashkil etadi. 
O‘zgaruvchan tok tomonidagi fazalaridagi yuklama simmetrik va keskin 
o‘zgaruvchan. Korxonalarda transportni to‘xtashi katta qiyinchiliklarga 
olib keladi. Shuning uchun bu iste’molchilar I yoki II toifali hisoblanib, 
elektr ta’minoti tizimida qisqa muddatli uzulishlarga ruhsat etiladi. 
Gaz tozalovchi elektr filtrlarida ishlatiladigan o‘zgartgichlarning 
quvvati 100-200 kVt gacha bo‘ladi. Ular maxsus transformatorlar orqali 


31 
(birlamchi chulg‘am kuchlanishi 6-10 kV ikkilamchi chulg‘am yuqori 
kuchlanish 110 kV gacha) ulaniladi. Bu qurilmalarning quvvat koeffitsienti 
0,7-0,8 oralig‘ida. O‘zgaruvchan tok qismida yuklama simmetrik va tekis. 
Elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lishiga ruhsat beriladi. Kimyo 
zavodlarida elektr filtrlar I yoki II toifali iste’molchilar turkumiga kiradi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin