O‛zbekiston respublikasi oliy va o‛rta maxsus ta`lim vazirligi ijtimoiy fanlar kafedrasi fakulteti jismoniy madaniyat fakulteti


Gigiyena asosiy qonuniyatlari va tarifi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/7
tarix22.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#119387
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi1

1.2. Gigiyena asosiy qonuniyatlari va tarifi

Hayot jarayonida odam organizmi tashqi muhitning beto‘xto‘v almashinib turadigan juda ko‘p omillari ta’siriga duch keladi. Bu omillarning odatdagi holati kasallik paydo qilmaydi, chunki inson vujudi asab va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga doimo moslashib boradi. Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog‘liqning zarur sharti hisoblanadi. Tashqi muhit omillari inson sog‘lig‘i, muhofaza kuchlari va ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, organizmni asta-sekin chiniqtirish orqali sovuqqa o‘rganish mumkin. Biroq tashqi muhit omillarining ta’siri kasallik sababchisi bo‘lishi ham mumkin. Odam tashqi muhitning odatdan tashqari ta’siriga duch kelganda kasallikka chalinadi, chunki bunday holatda organizm bilan muhit o‘rtasidagi muvozanat buzilgan bo‘ladi. Bizni o‘rab turgan muhit tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, kundalik turmush ehtiyojlarining doimiy harakatdagi murakkab majmuyidan iborat, shuning uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning sog‘liqqa ta’sirini o‘rganish metodologik nuqtayi nazardan aniqlik talab qiladi. Òashqi muhitning odam organizmiga ta’siri R.D. Gabovich tavsiya qilgan 1-rasmda keltirilgan.Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy elementlar yoki birikmalar va ularga aralashib qolgan moddalar kiradi. Havo, oziq-ovqat tarkibiga kiradigan ko‘pgina kimyoviy elementlar va birikmalar odamning me’yoriy hayot faoliyati va sog‘lig‘i uchun zarurdir. Muhitning fizik omillariga havo harorati, namligi va harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, ionlashtiruvchi nurlar, elektromagnit, issiqlik, akustik, gravitatsion va energiyaning boshqa xil ko‘rinishlari kiritiladi. Biologik omillarga patogen mikroblar,viruslar va eng sodda jonivorlar, makro- va mikroskopik zamburug‘lar va boshqalarni kiritish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo‘llari yoki teri orqali organizmga kirib, yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarini buzib, ovqatdan zaharlanish va boshqa kasalliklarga olib keladi. Odam jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar: so‘z, nutq, maktub, o‘zaro munosabat va boshqalar ham ta’sir etadi. Himoya kuchlari va imkoniyatlari kamayib ketgan organizm kasallikni tez qabul qiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy qoloq mamlakatlar aholining kasallik


darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.



Sanoat korxonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalarda amaliy sanitariya tadbirlari, gigiyenik tekshirishning turli usullaridan keng foydalaniladi.
1. Sanitariya tekshirish usullari Aniqlangan kamchiliklarni
yo‘qotish bo‘yicha taklif va ijro muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar tuzadi.
2. Labaratoriya tekshirish usullari. Gigiyena fanida va sanitariya amaliyotida havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari
va boshqa tashqi muhit omillari fizikaviy, kimyoviy, bakteriologik, toksikologik jihatdan tadqiq qilinadi.
3. Tajriba usulini qo‘llash yo‘li bilan (turli-tuman, shu
jumladan, kimyoviy, fizikaviy omillarning organizmga ehtimoli
tutilgan zararli ta’sirini o‘rganish va uni sanitariya-texnik asboblar hamda qurilmalar yordamida laboratoriya sharoitida baholash).
4. Fiziologik kuzatish usuli (odam
organizmi a’zolari va sistemalarining vazifasi holatini turli sharoitlarda tekshirish).
5. Klinik kuzatish usuli. Bu usul klinika, korxona, maktab
va boshqa joylarda profilaktik tabobat ko‘riklarini o‘tkazishda
qo‘llanilib, uning yordamida profilaktik chora-tadbirlar ishlab
chiqish uchun zarur ma’lumotlar olinadi.
6. Statistika usuli. Tashqi muhitning salomatlikka ijobiy yoki
salbiy ta’siri natijasini aniqlaydi. Olingan ma’lumotlar asosida
kerakli profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va asoslanadi.
Gigiyenaning asosiy va eng mas’uliyatli vazifalaridan biri–
–atrof-muhitning gigiyenik me’yorlarini asoslashdir.
Keyingi yillarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalariga
nazar tashlansa, atrof-muhitning chiqindi, jumladan, zaharli
moddalar bilan ifloslanishi yildan yilga ortib borayotganligini
ko‘rish mumkin. Buning oqibatida sanoati rivojlangan shaharlarda nafas yo‘li va o‘pka kasalliklari bilan og‘riganlar soni ko‘payib bormoqda.
Bu kasalliklarning kelib chiqishida havoni ifloslanishining ta’siri
katta. Ilmiy tadqiqotlar dalolat berishicha, sanoat korxonalari
zich joylashgan, iflos havo zonasida yashaydigan aholi o‘rtasida
xavfli o‘smalar va boshqa surunkali kasalliklar ko‘p uchraydi.
Quyidagi jadvalda shaharlar havosini ifloslaydigan avtomobildan chiqadigan chiqindi gazlarning tarkibi keltirilgan.
HAVO MUHITINING GIGIYENIK AHAMIYATI
Havoning inson salomatligi uchun ahamiyati g‘oyat katta. Qadim zamon mutafakkiri Gippokrat, inson salomatligi va kasalliklari uni o‘rab turgan tashqi muhit—havo, suv, tuproq kabilarning xarakteriga bog‘liq, degan edi. F.F. Erisman iborasi bilan aytganda, odam nafas oladigan havodagi kimyoviy tarkib va fizik xossalarning o‘zgarishi uning organizmidagi garmonik muvozanatni, ya’ni salomatligini osongina buzishi mumkin. Havo muhitining roli quyidagilardan iborat: havo organizmga zarur kislorodni yetkazib beradi, moddalar almashinuvining gazsimon mahsulotlarini qabul qiladi, termoregulatsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh radiatsiyasi odam organizmiga turlicha, shu jumladan, shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga u odamga zararli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli (toksinli) moddalar va mikroblar (zararli gazlar, muallaq holatdagi mexanik zarrachalar, turli mikroorganizmlar)uchun rezervuar hisoblanadi.
TUPROQ GIGIYENASI
Tuproq juda ko‘p miqdordagi mikroorganizmlar yashaydigan, mineral hamda organik zarrachalar qo‘shilmasidan iborat yer qobig‘i g‘ovak yuza qatlamining unumdor qismidir.Tashqi muhitning asosiy elementlaridan bo‘lgan tuproq va unga yoyilib ketgan tog‘ jinslari (zamin,yer) kishilar sog‘ligi va hayotining sanitariya sharoitlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yerdagi o‘simliklarning turi, ularning kimyoviy tarkibi va yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi tuproq turiga, ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi chiqindilari hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar ta’sirida yer, suv, havo muhiti keskin o‘zgarishi va bu esa, o‘z navbatida, olinadigan hosilning kimyoviy tarkibiy me’yorini ma’lum miqdorda o‘zgartirishi mumkin. Atmosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi va uning yerga tushishi esa yanada xavflidir.Shu nuqtayi nazardan insoniyat va ko‘pchilik taraqqiy etgan davlatlar orasida tashqi muhitni ifloslanishdan saqlash muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Tuproq qatlami yer kurrasi bilan atmosfera o‘rtasidagimuvozanatni — murakkab moddalar almashinuvi, energiya ajralishini hamda biosferadagi jonivorlarning yashash tarzi mutanosibligini saqlab turadi.
SUV GIGIYENASI
Suv inson hayoti, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashqi muhit omillaridan biridir. ¾Suv organizm sharbatlari va chiqindilari tarkibiga kiradi. Suv ovqat mahsulotlarini to‘qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo‘llaridan bug‘ holatida chiqishi bilan tana harorati muvozanatini saqlashda ishtirok etadi.Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biokimyoviy reaksiyalar suvli eritmalarda ro‘y beradi. Suv ichishni to‘g‘ri tashkil qilishda sutkalik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan, sutda 87%, yangi sabzavot va mevalarda 96%, kartoshka va go‘shtda 75%, nonda 47% gacha suv bo‘ladi. Suvni yoki chanqovni qondiruvchi ichimliklarni haddan tashqari ko‘p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish a’zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin