xodimi va pedagog bolalar hamda o‘smirlar organizmining rivojlanish xususiyatlarini mukammal bilmog‘i lozim.
Bolalar va o‘smirlar organizmi kattalar organizmidan anatomik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o‘sishi va rivojlanishi bilan
farq qiladi.
Bolaning sihat-salomat rivojlanishi uchun badan terisi va unga
aloqador a’zolarning to‘g‘ri ishlashi muhim ahamiyatga ega. Badan
terisidagi ko‘pdan-ko‘p retseptorlar organizmning tashqi muhit
bilan aloqa bog‘lab, shu muhitning o‘zgarishlariga moslashishini
ta’minlab turadi. Badan terisi himoya vazifasini bajarib, a’zo va
to‘qimalarni zarar-shikastlanishlardan
saqlaydi, organizmga mikroblar, suv va unda erigan zaharli moddalarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bolalarda teri mugiz qatlamining yuza hujayralari oson ko‘chib
tushadi. Bular 2–3 qator bo‘lib joylashgan va bir-biri bilan ancha
sust bog‘langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7
yashar bolada ham katta odamlardagi kabi bo‘ladi. Yog‘ bezlari faoliyati 15–16 yoshga borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga
yetganda xuddi kattalarnikidek bo‘lib qoladi, ter bezlari 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi, keyinchalik kamayadi.
Suyak to‘qimasi shakllanib asta-sekin tog‘ay to‘qimasi o‘rnini
to‘ldirib boradi. Bolalar suyak to‘qimasida organik unsurlarning
ko‘pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq
vaqt zo‘r kelib turganida yoki bola gavdasini noto‘g‘ri tutganda
shakli o‘zgaradi. Skelet, jumladan chanoqning ayrim suyaklari
biri-biriga batamom qo‘shilmagan bo‘ladi. 17–18 yoshga borgandan keyingina yonbosh, quymich
va qov suyaklari bir-biriga
qo‘shilib, yagona „nomsiz“ suyakka aylanadi.
Kaft usti, ya’ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina ma’lum
bo‘lib kelayotgan bo‘ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10–13
yoshga yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham xuddi
shu vaqtga kelib suyakka aylanib bo‘ladi.
Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o‘rgatishda
qo‘l panjalarining shu xususiyatlarini hisobga olish zarur, ayniqsa, o‘qishning birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo‘riqtirmaslik
lozim.
Bolalarning mushak sistemasi suyak sistemasi bilan jipslashgan bo‘lib, bular odamning harakatlarini birgalikda ta’minlab beradi. Badandagi yirik mushaklar, asosan, orqa, yelka, son mushaklari va boshqalar hammadan ilgari rivojlanadi. 6–7 yashar bolalarda bular ancha yaxshi rivojlangan, biroq mayda mushaklar
masalan, oyoq-qo‘l panjasi mushaklari hali uncha rivojlanmagan
bo‘ladi. Shu sababdan, go‘dak
bolalar yurish, sakrash, irg‘itish
singari asosiy tabiiy harakatlarni ancha o‘zlashtirib oladilar, lekin,
mayda va aniq harakatlarni ancha qiynalib bajaradilar.
9–12 yoshlarda bolalar turli mushak guruhlariga tushadigan
yukni mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg‘unlashib
maromga moslasha boradi.
Bolalarning yuqori nafas yo‘llari kattalardagiga qaraganda ancha tor, nafas a’zolari to‘qimalari nozik, shilliq pardalari qon va
limfa tomirlar bilan mo‘l-ko‘l ta’minlanmagan, salga jarohatlanadi.
Nafas yo‘llariga chang va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning ko‘proq tushishi ham shunga bog‘liq. Burundagi yallig‘lanish
jarayonlari og‘iz bilan nafas olish tufayli yuqumli kasalliklar
qo‘zg‘atuvchi mikroblar va zaharli moddalarning organizmga tushishi uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Natijada bola bronxit yoki
zotiljam bilan og‘rib qolishi mumkin.
Shu sababdan bolalar muassasalarida havo doimo toza bo‘lishi
shart. Buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, polni ho‘l
latta bilan artib turish zarur. Bolalarni
burundan chuqur va bir
maromda nafas olishga o‘rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yoshgacha zo‘r berib o‘sadi, 7 yoshdan 10 yoshgacha yurak o‘lchovlari
va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana shu davrda yurakning tayanch to‘qimasi obdan shakllanib, markaziy va periferik nerv
sistemasi yaxshigina rivojlanadi.
Bola zo‘r berib o‘sayotganda qon yaratish a’zolari zo‘riqib
ishlaydigan va tashqi muhitning noxush ta’sirlariga juda sezgir
bo‘ladi. Bolaning ochiq havoda yetarli bo‘lmasligi, haddan tashqari
zo‘riqish va gigiyena talablarining biror tarzda buzilishi, aksari
kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun’iy nurlardan
noto‘g‘ri foydalanish bolalar organizmiga, jumladan ko‘migiga
yomon ta’sir ko‘rsatadi, natijada ko‘mik yetilmagan qon tanachalarini ko‘plab ishlab chiqara boshlaydi.
Bolaning o‘sib-unib borishi ko‘p jihatdan hazm a’zolarining
ishiga bog‘liq. 6–7 yashar
bolalarda sut tishlari tushib, o‘rniga doimiy
tishlar chiqa boshlaydi. Avval to‘rtta katta jag‘ tish chiqadi, keyin
sut tishlari qaysi tartibda chiqqan bo‘lsa, xuddi shu tartibda tushadi va o‘rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qatlami bolalarda kattalarnikiga qaraganda birmuncha yupqa bo‘ladi.
Shunga ko‘ra tishlarni zararlanishdan asrash uchun tish parvarishi qoidalariga bekam-u ko‘st rioya qilish kerak.
7 yashar bolada hamma sezgi a’zolari yaxshi rivojlangan bo‘ladi,
biroq, ba’zilari, jumladan, ko‘z o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko‘rish uchun
ko‘zni ma’lum bir tarzda moslashtirish zarur. Ko‘zning ana shu
xususiyati akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya ko‘z gavhari
shaklining o‘zgarishiga bog‘liq, odam yaqinda turgan narsalarga
qaraganda, ko‘z gavhari bo‘rtsa, uzoqda turgan narsalarni
ko‘rganida, aksincha yassilanadi. Ko‘zning turli masofalardagi narsalarni ko‘rishga moslashish xususiyati yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib
boradi. Bolalarda ko‘z gavhari ancha elastik bo‘lganidan o‘z shaklini tez o‘zgartirib oladi.
Maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa, maktabda
o‘qishni endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kesish va ularni yopishtirish, yozish va o‘qishga tobora ko‘proq vaqtlarini sarflaydilar. Mashg‘ulotlar paytida boshlarini ancha engashtirib ishlaydilar. Mashg‘ulotlar uzoq davom etganda–ko‘z pardasi-dan qonning aylanib o‘tishi qiyinlashadi, shunga ko‘ra ko‘z ichki
bosimi ortib, ko‘zning oldingi-orqa o‘qi asta-sekin uzayib boradi.
Maktabda o‘tkaziladigan ta’lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos
anatomik-fiziologik xususiyatlarini va gigiyena talablarini hisobga
olmasdan uyushtirilsa, bu ular organizmining rivojlanishida turli
salbiy o‘zgarishlar yuzaga keltirishi mumkin.