11
axborotga aloqador bo„lishi mumkin. Bu axborot guruhlari bir butun deb
qaralganda ma‟lumotlar bazasiga aylanadi.
Ma‟lumotlar bazasi obyektlari
Ma‟lumotlar bazasining jadval, forma, hisobot kabi obyektlarni
yaratishdan avval bir qator masalalarni hal qilish kerak. Masalan struktura
dizaynini yaratishga e‟tibor berish kerak.
Yaratilgan dizayn qanchalik
yaxshi bo„lsa, sizning ilovangiz shunchalik yaxshi chiqadi. Bu esa
ma‟lumotlar bazasi tizimini to„ldirishda qulayliklar yaratadi. Ma‟lumotlar
bazasini yaratishdan oldin asosiy konsepsiyalarini tushunib olish zarur.
Ma‟lumotlar bazasiga kirishda yuqoru sathli 6 ta obyektdan foydalaniladi.
Ular Access da ishlatiladigan ma‟lumotlar va asboblardan tashkil topgan:
Table – haqiqiy ma‟lumotlardan iborat;
Query - izlash, saralash va aniq ma‟lumotlar olish uchun ishlatiladi;
Form- ma‟lumotlarni kerakli formatda kiritish va aks ettirish
imkonini beradi;
Report- ma‟lumotlarni berilgan fomatda
aks ettiradi va chop etadi;
Macros- dastur tuzmasdan masalalarni avtomatlashtiradi;
Module- Visual Basic dasturlash tili operatorlaridan tashkil topgan.
2.1-rasm. MS ACCESS dasturining asosiy obyektlari
1-mashq
.
MS Access interfeysining asosiy obyektlarini o„rganish.
MS Access ilovasi yuklanganda ekranda asosiy oyna paydo bo„ladi.
Ma‟lumotlar bazasi uchun kerakli shablon tanlanadi va unga nom beriladi.
Ilova oynasi quyidagi ko„rinishga keladi:
12
2.2-rasm. MS Access interfeysi
Access
dasturidagi
asosiy
o„zgarishlardan biri menyu olib
tashlanganligidir. Menyu bo„limlari o„rniga lentadagi
harakatlarni tanlash
uchun Access bo„limlarni boshqarishni intuitiv tizimini taklif qiladi. Har
bir bo„lim o„ziga biriktirilgan buyruqlar guruhidan tashkil topgan.
Buyruqlar lentada qayd qilingan. “Главная” lentasi bo„limlarini ko„rib
chiqamiz. Bo„lim nomining pastki qismida Microsoft "лентa" deb
ataydigan buyruqlar ro„yhati joylashgan:
2.3-rasm. Asosiy lenta
13
Asosiy lenta turi ikkita: umumiy foydalaniladigan (yoki buyruqlar) va
kontekst. Umumiy lentalar va mos bo„limlar ma‟lumotlar bazasi fayli bilan
ishlash jarayonida ko„rinib turadi:
Asboblarga murojaatni tez amalga oshirish panelida asosan uchta
tugma bo„ladi. Lekin tahrirlash orqali ko„p ishlatiladigan tugmalarni ham
panelga joylashtirish mumkin. Tez murojaat
paneli oldidagi ostki menyu
bo„limlari yordamida asboblar panelinini sozlash, ya‟ni unga ko„p
ishlatiladigan buyruqlar qo„shish imkoni mavjud.
2.4-rasm. Asosiy menyu
Ekranning pastki qismidagi holatlar satrida turli axborotlar aks etadi.
Chap tomonda siz ishlatayotgan ko„rinish turini aks ettiruvchi indikator,
o„ngda dizaynni o„zgartiruvchi tez murojaat tugmalari joylashgan.
2.5-rasm. Holatlar satri
Accessda kontekst bo„limlar ham qo„shilgan. “Поля” va “таблицы”
deb belgilangan bo„limlar jadvalning asosiy asboblari
hisoblanadi va ular
таблица rejimida jadval tanlangandagina paydo bo„ladi. Bu bo„limlar joriy
oynada ishlatiluvchi yanada aniq buyruqlardan tashkil topishi mumkin va
ular jadval faol bo„lgandagina ko„rinadi.
Ko„pgina buyruqlar ishlatish uchun tanlanganda quyidagi ko„rinishdagi
izoh paydo bo„ladi:
14
2.6-rasm . Split Form buyrig‟i izohi
Dostları ilə paylaş: