O„zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o„rtа mаxsus tа„lim vаzirligi islom karimov nomidagi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix10.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#142400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (2)

.
 
2 - Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town 
(minora) ko„rinishida ishlab chiqariladi. Tizimli blok - 
kompyuterning asosiy qurilmasi bo„lib u quyidagi 
qismlardan tashkil topgan: 
3 - Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard - 
Asosiy plata; materinka) shaxsiy kompyuterning asosiy 
komponentlari (Markaziy protsessor, tezkor xotira 
kontrolleri, 
yuklanuvchi 
doimiy 
xotira, 
BIOS 
kontrollerlari) o„rnatiladigan plata. 
 
4 - Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - 
CPU, markaziy hisoblash qurilmasi); Arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajaruvchi hamda boshqaruvchi 
qurilma.
1-monitor 2-tizimli blok 3-klaviatura 4-sichqoncha 



Protsessor shu buyruqlarni bajaradi. Protsessorlar o„ta katta integral 
sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan 
amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o„lchanadi. 
Protsessorning bir vaqtning o„zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini 
belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng 
qo„llanilmoqda. Markaziy qurilma (protsessor) kompyuterlarning asosiy 
qismi hisoblanadi va u o„z navbatida ikki qismdan arifmetik - mantiqiy 
qurilma va boshqarish qurilmasidan tashkil topgan bo„ladi. 
Arifmetik – mantiqiy qurilma
kompyuterning asosiy qismlaridan biri 
bo„lib, u axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Amallar 
bajarilishi uchun zarur bo„lgan ma‟lumotlar ichki tezkor xotiradan 
arifmetik-mantiqiy qurilmaning xonalariga (registr deb ataladi) chiqarib 
olinadi va hosil bo„lgan natija jamlagich xonaga yozib qo„yiladi, undan 
keyin esa, saqlab turish uchun tezkor xotira qurilmasiga jo„natilishi 
mumkin. 
Boshqarish qurilmasi
- kompyuter tarkibiga kirgan hamma 
qurilmalarni avtomatik tarzda ishlarini ta‟minlab turadi. Uning yordamida 
dasturni bajarish buyruqlariga ishlov berilib, kerakli qurilmalarni ishga 
tushirish uchun boshqarish alomatlarini uzatib turiladi. 
Registr - bu ma‟lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi 
qurilma. Tezkor xotira kompyuterga kiritilgan boshlang„ich, oraliq 
ma‟lumotlarni, hisoblash natijalarini va masalani yechish dasturini saqlab 
turish uchun xizmat qiladi. Xotira qurilmasi sig‟imi va murojaat qilish 
vaqti bilan xarakterlanadi. Xotira sig„imi odatda bayt, Mbayt, Gbaytlarda 
o„lchanadi, murojaat qilish vaqti esa ma‟lumotlarni kiritishni boshlash va 
uni tugatishga ketgan vaqt bilan o„lchanadi. 
6 - Qattiq disk (Vinchester, HDD ingl. Hard Disk Drive – 
qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo„lib, 
sistema blokiga o„rnatiladi, hamda ma‟lumotlarni saqlashda 
ishlatiladi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik 
idishda joylashtirilgan, bir o„qqa mustahkamlangan ustma - 
ust disklar majmui tushuniladi. 
5 - Tezkor hotira (RAM - Random Access 
Memory 
tanlov 
asosida 
ixtiyoriy 
qismiga 
murojaat qilinadigan xotira) bu qurilma 
registrlardan tashkil topgan 



- Blok pitaniya - kompyuterni elektr toki bilan ta‟minlab turish uchun 
foydalaniladigan qurilma. 
- Kuller - kompyuter qurilmalarini qizib ketishidan asraydigan qurilma. 
- Disk yurituvchi (diskovod, DVD-ROM) - axborotni disketa va lazer 
disklariga yozish, shuningdek, unga yozilgan axborotni o„qish uchun 
ishlatiladi. 
- Videokarta - axborotni monitorga chiqarib berish uchun keng 
foydalaniladi. Videokarta monitor ekraniga video ma‟lumotlarni (video 
tasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. 
7 - Klaviatura – buyruq va axborotlarni operator yoki 
foydalanuvchi yordamida kompyuter xotirasiga kiritish va 
tahrirlash uchun mo„ljallangan. Kompyuterning standart 
klaviaturasida tugmalar soni 105 ta bo„lib, u quyidagi 
qismlardan iboratdir: 

Harf – raqam tugmalari; 

Kursorni boshqarish tugmalari; 

Qo„shimcha tugmalar; 

Funksional tugmalar; 

Maxsus tugmalar; 

Indikator chiroqchalari. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin