77
17 – LABORATORIYA ISHI
TORMOZ BOSHQARMASI TUZILISHINI O‘RGANISH
17.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Tormoz boshqarmasining umumiy tuzilish va ishlash prinsipi
bilan tanishish. Tormoz mexanizmi va yuritmasining vazifasi, tuzilish,
ishlashi va ularning konstruksiyalarini o‘rganish.
17.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Avtomobilning tekis yoki o‘zgaruvchan tezlikda shig‘ov bilan
balandlikka va inersiya kuchi bilan pastlikka
harakatlanish hollari
uchraydi. Avtomobil harakatlanishining hamma hollarida,
vaziyatga
qarab, sekinlatish yoki to‘xtatish va to‘xtatilgan avtomobilni o‘z
holatida qo‘zgatmasdan saqlab turish kerak bo‘ladi. Shu maqsadda har
bir avtomobilda, albatta ikkita: ish va to‘xtatib
turish tormoz tizimi
bor. Avtomobillarning og‘ir va o‘ta og‘ir ko‘taruvchi modellarida esa
qo‘shimcha, yordamchi va avariya tormoz tizimlari ham bo‘lib,
ularning har biri ma’lum vaziyatda o‘z vazifasini bajaradi. Shu nuqtai
nazardan qaralganda avtomobil yoki avtotransport vositasini
tormozlash vazifasini bajaruvchi tizimlar yig‘indisiga
tormoz
boshqarmasi deb yuritiladi.
Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli bo‘lgan energiya bilan
ta’minlovchi tuzilmalar yig‘indisi energiya manbai deb ataladi.
Energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga
energiya uzatuvchi
tuzilmalar yig‘indisi tormoz yuritmasi deb ataladi.
Avtomobilning harakatlanishiga majburiy qarshilik ko‘rsatish va
qarshilik kuchini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan tuzilma tormoz
mexanizmi deb ataladi. Zamonaviy
avtomobillarning ishchi,
yordamchi va to‘xtatib turish tormoz tizimlarida tormoz mexanizmi
sifatida friksion tuzilmalar ishlatiladi.
78
17.1 – rasm. Avtomobil ishchi tormoz tizimining prinsipial sxemasi:
1 – tormoz diski; 2 – oldingi
tormoz mexanizmining skobasi;
3 – tormoz yuritmasining oldingi konturi; 4 – asosiy tormoz silindri;
5 – tormoz
suyuqligi bachogi; 6 – vakuum kuchaytirgich; 8 – tormoz
pedali; 10 – orqa g‘ildiraklar tormoz kolodkalari; 11 – orqa g‘ildirak
tormoz mexanizm silindrlari; 12 – tormoz yuritmasining orqa konturi;
16 – to‘xtatib turish tormoz
tizimi troslari; 19 – to‘xtatib turish tormoz
tizimi richagi; 22 – oldingi g‘ildiraklar tormoz mexanizm kolodkalari.
Dostları ilə paylaş: