O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 3,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/43
tarix28.11.2023
ölçüsü3,23 Mb.
#169053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Avtotransport vositalarining tuzilishi

KIRISH 
 
“Avtotransport vositalarining tuzilishi” fani umumkasbiy fanlar 
blokiga 
kiritilgan 
fan 
hisoblanadi 
va 
2-kursda 
o‘qitiladi. 
“Avtotransport vositalarining tuzilishi” fani boshqa ixtisoslik 
fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq 
yo‘nalishdagi mutaxassislik fanlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi 
va talabalarga avtotransport vositalarining tasnifi, tuzilishi, agregatla-
nishi, 
uzel-mexanizmlarining 
vazifasi, rostlanishlari bo‘yicha 
bilimlarning nazariy asoslarini, qism va uzellarda sodir bo‘luvchi 
jarayonlar va qonuniyatlar tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni 
amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qiladi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatmalarda avtotransport vositalarining 
tasnifi, tuzilishini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ishlari aks etgan 
bo‘lib, ushbu laboratoriya ishlarining mavzusi 5610100 – Xizmatlar 
sohasi (avtomobil transporti)
yo‘nalishi uchun tuzilgan fanning 
namunaviy o‘quv dasturiga binoan tuzilgan. 
 
 



1 – LABORATORIYA ISHI 
 
AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHINI O‘RGANISH 
 
1.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Avtomobilning umumiy tuzilishi, tasniflanishi, belgilanishi va 
texnikaviy asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish.
 
1.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil-
lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi. 
Avtomobil – quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi 
bo‘lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan 
jihozlangan hamda katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo‘lgan holda 
relssiz yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashishga yoki o‘ziga 
o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir. Avtomobillar vazifasiga ko‘ra 
transport, maxsus va poyga avtomobillariga bo‘linadi. 
Transport avtomobillariga passajir, yuk va yuk-passajir 
avtomobillari kiradi. 
Zamonaviy avtomobil juda murakkab mashina bo‘lib, u bir 
biriga bog‘liq holda ma’lum bir vazifani bajaruvchi bir necha 
mexanizm va qismlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik avtomobillarning 
umumiy tuzilishi sxemasi, ularning mexanizm va tizimlarining ishlash 
prinsipi va ish sharoiti bir-biriga o‘xshash. Shu sababli avtomobilning 
umumiy tuzilishini o‘rganish uchun ba’zi soddalashtirishlar kiritamiz. 
Umuman olganda avtomobil detallar, uzellar, mexanizmlar, 
agregatlar va tizimlar yig‘indisidan iborat. 
Detal – 
mexanizm va mashinalarning yigish operatsiyalarisiz 
tayyorlangan ayrim-ayrim qismlari (masalan, bolt, porshen barmog‘i, 
shesterna va h.k.). 
Uzel – 
bir necha detallarning mashinada ma’lum mustaqil 
vazifani bajaruvchi birikmasi. 
Mexanizm – 
harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va 
o‘zgartiruvchi tuzilma. 



Agregat – 
bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan 
qurilma. 
Tizim – 
bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig‘indisi 
(masalan, ta’minlash tizimi, moylash tizimi yoki sovitish tizimi va 
h.k.). 
Avtomobil kostruktiv xususiyatlari va vazifalaridan qat’iy nazar, 
asosiy uch qismdan iborat: kuzov, dvigatel va shassi.
Avtomobil 
kuzovi
yuk tashish va passajirlarni joylashtirish 
vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik yengil avtomobil va avtobuslar 
kuzovlarining qattiq va puxta ishlangan asosi rama vazifasini o‘taydi. 
Bunday 
kuzovlar 
ko‘taruvchi 
kuzov
deb 
ataladi. 
Yuk 
avtomobillarining kuzov qismida yuk tashishga mo‘ljallangan 
platformadan tashqari, haydovchining kabinasi ham bo‘ladi, u 
dvigatelning orqasida (GAZ-53A, ZIL-130) yoki dvigatelning ustida 
(GAZ-66, MAZ-500A, KamAZ) joylashadi. 
Dvigatel – 
avtomobilning harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan 
mexanik energiya hosil qiluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Mexanik 
energiya esa dvigatelda yonilg‘i yonishi natijasida hosil bo‘ladigan 
kimiyoviy energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida hosil 
bo‘ladi. Dvigateldan olingan mexanik energiya bir qator mexanizm va 
agregatlar orqali yetakchi g‘ildiraklarga yetkazib beriladi. Zamonaviy 
avtomobillarda, asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o‘rnatiladi 
(karbyuratorli yoki siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi dizel 
dvigatellari).
Shasssi – 
avtomobilning asosi bo‘lib, uch guruh mexanizm va 
tizimlarni o‘z ichiga oladi. Kuch uzatmasi, yurish qismi va boshqarish 
tizimi. 
Kuch uzatmasi
dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni 
o‘zgartirilgan holda yetakchi g‘ildiraklarga uzatib beradi. Kuch 
uzatmasiga quyidagi mexanizm kiradi: ilashish muftasi, uzatmalar 
qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar.
Yurish qismi avtomobilning ilgarilanma harakatlanishini 
ta’minlaydigan aravadan tashkil topgan. Uning asosi bo‘lib rama 
xizmat qiladi. Ramaga esa avtomobilning barcha mexanizm va 
tizimlari o‘rnatiladi. 



1.1 - rasm. Avtomobilning umumiy tuzilishi: 
1-dvigatel; 2-old o‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old 
g‘ildirak; 6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma;
9- asosiy uzatma; 10- , 11-orqa o‘q; 12-orqa ko‘prik; 13- orqa tormoz 
mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak; 15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 
17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-rama. 
Boshqarish tizimi avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, 
sekinlashtirish va to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Boshqarish tizimi 
ikkita aloxida tizimlardan: rul boshqarmasi va tormozlash tizimidan 
iborat.

Yüklə 3,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin