10
Krivoship-shatunli mexanizm
gazning
kengayishdagi bosimini
o‘ziga qabul qiladi hamda porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma va
qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib
beradi.
2.1 – rasm. Bir silindrli to‘rt taktli benzinli dvigatelning tuzilishi:
1 – GTMni yurituvchi shesterna; 2 – gaz taqsimlash vali; 3 – turtkich;
4 – prujina; 5, 6 – chiqarish va kiritish kollektorlari; 7 – karburator;
8, 11 – chiqarish va kiritish klapanlari; 9 – yuqori kuchlanish simi;
10 – o‘t
oldirish svechasi; 12 – silindr kallagi; 13 – silindr; 14 – suv
ko‘ylaklari; 15 – porshen; 16 – porshen barmog‘i; 17 – shatun;
19 – tirsakli val; 20 – karter.
Gaz taqsimlash mexanizmi
yonilg‘i aralashmasi yoki havoning
silindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni
boshqarish uchun xizmat qiladi.
11
Ta’minlash tizimi
benzin hamda havodan yonuvchi aralashma
tayyorlaydi, uni dvigatel silindrlariga uzatadi
va ishlatilgan gazlarni
atmosferaga chiqarib yuboradi.
Sovitish tizimi
dvigatelning qizigan detallaridan ajralgan
issiqlikni atmosferaga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik rejimida
ishlashini ta’minlaydi. Dvigatel suv yoki havo bilan sovitiladi. Suv
bilan sovitiladigan dvigatelda suv g‘ilofi, havo bilan sovitiladigan
dvigatelda esa maxsus sovitish qovurg‘alari bo‘ladi.
Moylash tizimi
dvigatelning ishqalanuvchi detallariga moy
uzatib, ularning
ilashishini kamaytiradi, uning detallarini qisman
sovitadi, ishqalanuvchi yuzalarda vujudga keladigan yeyilish
zarrachalarini yuvadi hamda moyni tozalab beradi.
Yondirish tizimi
karbyuratorli va injektorli dvigatel silindrlarida
ish aralashmasini majburiy ravishda o‘t oldirish uchun elektr uchquni
hosil qiladi va uni ma’lum tartibda silindrlarga yuboradi.
Yuqori chekka nuqta
(yu.ch.n.) porshenning tirsakli val o‘qidan
eng uzoqlashgan silindr ichidagi yuqori turish holati.
Pastki chekka nuqta
(p.ch.n.) – porshenning tirsakli val o‘qiga
eng yaqinlashgan silindr ichidagi pastki qolati.
Porshen yo‘li –
porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka
nuqtagacha harakatlanganda bosib o‘tilgan masofa.
Porshen yo‘li S porshenning har bir o‘tgan yo‘lida tirsakli val
o‘z o‘qi atrofida ½ marta aylangandagi, ya’ni 180
0
burchakka
burilgandagi masofa.
Dostları ilə paylaş: