19
4 – LABORATORIYA ISHI
GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI TUZILISHI VA ISHLASH
PRINSIPINI O‘RGANISH
4.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi,
tuzilishi va ishlash
prinsipini o‘rganish.
4.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Gaz taqsimlash mexanizmi klapanlarni ochish va yopish bilan
silindrlarga o‘z vaqtida yonuvchi aralashmani (karbyuratorli, gazli,
injektorli dvigatellarda) yoki havoni (dizellarda)
kiritish hamda
ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarni yonuvchi
aralashma yoki havo bilan ko‘proq to‘ldirilishini
va ishlatilgan
gazlardan yaxshiroq tozalanishini ham ta’minlaydi.
Avtomobil dvigatellarida asosan klapanli gaz taqsimlash
mexanizmi o‘rnatiladi. Klapanlarning
joylashuviga qarab gaz
taqsimlash mexanizmlari pastda joylashgan klapanli yoki yuqorida
joylashgan klapanlilarga bo‘linadi.
To‘rt taktli dvigatellarning ish sikli davomida
uning tirsakli vali
ikki marta aylanganda har bir klapan bir martadan ochilishi kerak
bo‘ladi. Shuning uchun tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatelning
taqsimlash vali bir marta aylanishi lozim.
Taqsimlash valini tirsakli
valga nisbatan ikki marta sekin aylanishini ta’minlash uchun ularning
yuritmasidagi uzatish soni 2:1 qilinadi.
20
4.1 - rasm. Gaz taqsimlash mexanizmining sxemalari: a – pastda
joylashgan klapanli; b – yuqorida joylashgan klapanli; 1 va 2 – tishli
g‘ildiraklar; 3 – tirsakli val; 4 – rostlash boltlari; 5 – klapanlar;
6 – o‘rindiqlar; 7 – prujina; 8 – tayanch shayba; 9 – turtkich;
10 – mushtcha; 11 – koromislo; 12 – koromislo o‘qi; 13 – kronshteyn;
14 – shtanga.
Dostları ilə paylaş: