O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 3,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/43
tarix28.11.2023
ölçüsü3,23 Mb.
#169053
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Avtotransport vositalarining tuzilishi

 
4.6. Nazorat uchun savollar 
1.
GTMning vazifasi va tasnifini ayting? 
2.
Kiritish va chiqarish klapanlarining vazifasi va ularning bir-
biridan farqi nimadan iborat? 
3.
Klapan prujinalarining vazifasini ayting. 
4.
Taqsimlash valining vazifasi va u qanday elementlardan tashkil 
topgan. 
5.
Taqsimlash valining yuritmalarini ayting. 
6.
Klapanlarning qaysi biri ko‘proq qiziydi va nima uchun? 
7.
Klapani 
yuqorida 
joylashgan 
GTMning 
shtanga 
va
koromisloning vazifasini ayting? 
8.
Issiqlik tirqishining zaruriyati nimadan iborat? 
9.
Gidrokompensatorninng vazifasini ayting. 
10.
Gaz taqsimlash fazalarining zaruriyatini tushuntiring. 
11.
Taqsimlash vali o‘q bo‘ylab siljimasligi uchun konstruksiyada 
nima qilingan? 
12.
Nima uchun gaz taqsimlash vali, tirsakli valga nisbatan ikki 
marta kam aylanadi? 


23 
5 – LABORATORIYA ISHI 
 
DVIGATELNING SOVUTISH TIZIMI TUZILISHI VA 
ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
 
5.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Dvigatelning sovitish tizimining tuzilishi va ishlash prinsipini 
o‘rganish. Sovitish tizimiga taalluqli detallarning vazifasi va 
konstruksiyasini o‘rganish.
 
5.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Ma’lumki dvigatel ishlayotganda, ayniqsa ish yo‘li takti 


bajarilganda, yuqori haroratga ega bo‘lgan gazlarning ta’sirida 
silindrlar, silindrlar blokining kallagi, klapanlar, porshenlar qizib 
ketadi. Agarda qizigan detallarni sovutilmasa ishqalanuvchi yuzalar 
orasidagi moy kuyib, ishqalanish haddan tashqari oshib ketadi. 
Qizishdan detallar kengayadi. Ayniqsa alyuminiyli qotishmadan 
tayyorlangan porshen kengayib, silindr ichida qadalib qolishi mumkin. 
Shu sababli dvigatelning qizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib 
turish lozim.
Avtomobil dvigatellarida, suyuqlik yoki havo bilan sovitish 
tizimlari qo‘llaniladi. Sanoqli dvigatellarda havo bilan sovutish tizimi 
qo‘llanilgan bo‘lib, bunday tizim ayrim afzalliklarga ega, ular 
quyidagilardan iborat: konstruksiyasi nisbatan oddiy tuzilgan, tizimda 
suv nasosi, radiator, suv trubalari, termostat va boshqalar yuk; 
dvigatelda suv g‘ilofining bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi
suv yuk joylarda ham dvigatelni ishlatish mumkin. Suyuqlik bilan 
sovitish tizimi havo bilan sovitishga nisbatan afzal hisoblanib 
shovqinsiz ishlaydi, sovuq kunlari dvigatelni yurgazib yuborishni tez 
amalga oshiradi. Shu sababli dvigatellarda, asosan, suyuqlik bilan 
sovutish tizimlaridan foydalaniladi.
Bunday tizim odatda, silindr bloki va uning kallagidagi sovitish 
giloflari, radiator qopqog‘i bilan, nasos, termostat, birlashtiruvchi 
shlanglar va patrubkalardan iborat. 
Havo bilan sovitiladigan avtomobil dvigatellarida asosan havo 
oqimini majburiy yo‘naltirish usuli qo‘llaniladi. Dvigatelning silindr 


24 
va kallagidan issiqlik tarqatishni tezlashtirish maqsadida ularning 
tashqi devorlariga qovurg‘alar yasalgan.
5.1 - rasm. Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi: 1 – jo‘mrak;
2 – pastki bakcha; 3 – jalyuza; 4 – bug‘ naychasi; 5 – radiator 
qopqog‘i; 6 – ventilyator; 7 – shkiv; 8 va 15 – birlashtiruvchi 
patrubkalar; 9 – kichik doira kanali; 10 – termostat; 11 – silindr atrofi; 
12 – suv taqsimlovchi quvur; 13 – termometr; 14 – suyuqlik nasosi.

Yüklə 3,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin